So’nggi yangiliklar

21:05"Ал Қодисия" МЮ қизиқаётган ҳужумчига 15 млн евро таклиф қилди  0 20:39Эшитдик-да! "Арал"га учралган мағлубиятдан сўнг "Локомотив" мураббийлар штаби жамоани тарк этди  7 20:19Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Машъал", "Сўғдиёна" – "Қизилқум" (онлайн ҳисоб)  19 20:08Про лига. "Арал" тур марказий ўйинида "Локомотив"дан устун келди  3 19:42"2+1" қайд этган ҳужумчи, тур голини урган ёш хавбек, жамоасини муқаррар голлардан қутқарган дарвозабон — Суперлигада 13-турнинг энг яхшилари  0 19:2538 ёшга тўлган Лионель Месси ҳақида 38 та қизиқарли маълумот  5 19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  0 19:04Абрамов мантиқан ҳеч нарса йўқотмади, Зейтуллаев учун керакли ғалаба эди — Абдулазиз Искандаров таҳлили  2 18:39"Футбол олами". "Динамо"да мавсумдаги илк мағлубият, "Навбаҳор" - ОКМК 3:0 — 13-тур ҳақида батафсил   0 18:10Носир Абдусаломов: "Қўқонда 120 дақиқа осон бўлмаганди, "Динамо" билан ўйинга ўзига ҳос куч топа олдик"  2 18:00Лукаку: "Роналду каби 40 ёшгача ўйнашни хоҳлардим"  2 17:10Бэйл "Кардифф"ни сотиб олиб, уни АПЛга олиб чиқмоқчи  2 16:43Энрике Клублар ўртасидаги ЖЧ стадионларидаги майдонлар ҳолатидан нолиди  9 16:18ЎФА раҳбарияти Майамидаги ФИФА Ижроия футбол саммитида қатнашди  3 15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  21

Terma jamoalar bo'limi boshlig'i Azizbek Haydarov 35 yoshga to'ldi Yangiliklar

Terma jamoalar bo'limi boshlig'i Azizbek Haydarov 35 yoshga to'ldi

O'z tavallud ayyomini nishonlayotgan futbol sohasi vakillarini tabriklashda davom etamiz.

Bugun uch karra O'zbekiston chempioni, tajribali yarim himoyachi, futbolchilikdan tashqari fermerlikka ham qiziquvchi Azizbek Haydarov oilasi va yaqinlari davrasida o'z tavallud ayyomini nishonlayapti.

1985 yilning 8 iyul kuni Toshkent shahrida tavallud topgan Azizbek katta futboldagi yo'lini "Lokomotiv"da boshlagan. U 2004-2007 yillar davomida "temiryo'lchilar" sharafini himoya qilgan. SHundan so'ng u "Bunyodkor"ga ko'chib o'tadi. Haydarov "qaldirg'ochlar" avjiga chiqqan yillarda, aniqrog'i 2008-2010 yillarda "Bunyodkor" tarkibida qatorasiga uch marotaba O'zbekiston chempioni bo'lgan.

Keyin u legioner sifatida Amirliklarga ko'chib o'tdi va 7 yil davomida BAAda faoliyat olib bordi. Ana shu 7 yildan 6 yilini Haydarov “Al SHabab” klubiga bag'ishladi. Albatta, bu legionerlar uchun ajoyib ko'rsatkich. SHuncha yil mobaynida xorijlik futbolchiga ishonch bildirish, bu o'sha legionerning bir maromda o'ynaganidan darak beradi. Haydarov “Al SHabab”dan so'ng bir yil davomida qisqa muddatda BAA Pro-ligasiga qaytgan “Ajman” klubida o'ynadi. Bu klubi bir yil oldin birinchi liga chempioni bo'lgan edi.

Malumot uchun, yarim himoyachi 2011 yilgi Osiyo Kubogidan so'ng “Bunyodkor”dan “Al SHabab”ga transfer qilingandi. Haydarov o'tgan 6 yil davomida dubayliklar safida ikki marta Fors ko'rfazi CHempionlar ligasida (2011 va 2015), bir marta BAA liga kubogida (2011) g'olib chiqdi.



O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida jami 86 ta uchrashuvda maydonga tushgan va bitta golga mualliflik qilgan. Azizbek o'sha yagona golni Yaman terma jamoasi darvozasiga kiritgan. O'tgan yil u O'zbekiston chempioni "Lokomotiv" sharafini himoya qildi. Hech ikkilanishsiz aytish mumkinki, Azizbek Haydarov haqiqiy vatanparvar. Buni uning yillar davomida jurnalistlarga bergan intervyulari, maydonda o'zini tutishi, muxlislar bilan gaplashishidan bilish mumkin. Bir yil avval yozda faoliyatini yakunladi va O'FA Terma jamoalar bo'limi boshlig'i etib tayinlandi.

Hozir etiboringizga o'zim olgan intervyulardan parchalarni havola qilamiz.

- Muxlislar, yaqinlarim, rahmatli otam ham “qachon JCHga chiqasizlar”, degan savolni juda ko'p berardilar. Insonlar o'zi shunday-da, birinchi yo'llanmani qo'lga kirit, deydi, keyin esa mundialning final bosqich o'yinlarida g'alaba qozonishni talab qiladi. Aytmoqchimanki, avvalo poydevor mustahkam bo'lishi shart. Bizdan keyingi avlod futbolchilari ham JCH yo'llanmasini qo'lga kiritishiga amin bo'lishimiz lozim. Bir marta JCHga chiqib, keyin bunday imkoniyatni yana 50 yil kutish to'g'ri emas. Bu shaxsiy fikrim. Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Eron terma jamoalari muntazam mundiallarda ishtirok etib kelyapti. Nimaga? degan haqli savol tug'iladi. CHunki, bu mamlakat futbolida barqarorlik bor. Terma jamoasining poydevori mustahkam, ichki chempionati esa kuchli. Turli yoshdagi terma jamoalari ham muntazam jahon chempionatlarining final bosqichida qatnashib kelyapti. Achchiq bo'lsada aytaman, bizda hozircha bunday emas. Eron, Koreya, Yaponiya kabi qitamizning kuchli terma jamoalariga qarshi kechadigan o'yinlarida gol urarmikanmiz, degan hayolda bo'lamiz. Nima uchun biz sanab o'tgan jamoalarimizni bemalol yuta olmaymiz? CHunki, bizda mustahkam poydevor yo'q. Bundan 4-5 yil avval o'smirlarimiz ham, yoshlarimiz ham jahon chempionatlarining final bosqichiga chiqardi. So'nggi yillarda bunday bo'lmayapti.





Abdurahmon Fozilov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi


- Azizbek Haydarovni bugungi tavallud kuni bilan tabriklashdan oldin men bu futbolchimizning padari buzrukvorlari Saidrahim ota haqida gapirmoqchiman. Alloh rahmat qilsin, oliyjanob inson edilar. Men ular bilan 2007 yilda tanishgandim. Uylariga ko'p borardim. O'sha oliyjanoblik tabiiyki, Azizbekka ham o'tgan. SHunday vatanparvar insonni dunyoga kelishiga sababchi bo'lib, tarbiyalab, voyaga etkazdilar, Yaratgan Saidrahim otadan rozi bo'lsin. Endi Azizbekning o'ziga kelsak, bu futbolchi haqida qancha gapirsak, shuncha ozdek tuyulaveradi. Kimdir unga zarracha yaxshilik qilgan bo'lsa, bu savobli ishni hech qachon esidan chiqarmaydi. O'tgan yili BAA chempionatidan qaytib, bir davra "Bunyodkor" safida o'ynadi. O'sha paytda "qaldirg'ochlar" moliyaviy tomondan ancha qiyin ahvolga tushib qolishgandi. Buni ko'rgan Haydarov asosiy jamoa hamda akademiya tarbiyalanuvchilariga o'z yonidan taxminan 50 million so'mlik turli vitaminlar olib bergandi. Bu beminnat yordam va bo'lgan klubga sadoqat! Darvoqe, u kuyovimiz bo'ladi. Men qo'qonlikman va Azizbek ham Qo'qon shahriga kuyov bo'lgan. Fursatdan foydalanib, Azizbek Haydarovni bugungi tavallud kuni bilan tabriklayman.



Azizbek Haydarov o'ynagan jamoalar:
2004–2007 "Lokomotiv" 19 (2)
2007–2011 "Bunyodkor" 143 (8)
2011–2017 "Al SHabab" (BAA) 123 (13)
2017–2018 "Ajman" 19 (0)
2018 "Bunyodkor" 12 (3)
2019 – "Lokomotiv"

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика