Terma jamoaga "Bunyodkor"dan 4 nafar futbolchi chaqirildi
28 sen 2019 11:50
Yangiliklar


Terma jamoaga "Bunyodkor"dan 4 nafar futbolchi chaqirildi
Xabaringiz bor, oktyabr oyida O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida ikkita o'yinda ishtirok etadi.
10 oktyabr kuni Toshkentda Yamanni qabul qilsak, 15 oktyabrda Singapur mehmoni bo'lamiz.
Vadim Abramov mazkur bahslarga "Bunyodkor"dan to'rt nafar futbolchini chaqirdi. Bular darvozabon Abdumavlon Abdujalilov, himoyachi Dilshodbek Ahmadaliev, yarim himoyachilar Lutfulla To'raev va Xurshid G'iyosov.
Malumot uchun, terma jamoaning sentyabr oyidagi Falastin bilan o'yiniga "Bunyodkor"dan bironta o'yinchi chaqirilmagan edi. "Bunyodkor" Superligada 20ta turdan so'ng 34 ochko bilan musobaqa jadvalining 3-pog'onasida bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar