Ter Shtegen mavsumda ikkinchi bor samarali pas uzatdi

Mirjalol Normatov
8 dek 2019, 11:11
Darvozabon Mark-Andre ter Shtegen nafaqat o'z darvozasini qo'riqlaydi, balki, raqib darvozasi oldida xavfli vaziyat ham yarata oladi.

Kecha Ispaniya chempionati doirasida "Malorka"ga qarshi uchrashuvda ter Shtegen o'z hisobiga navbatdagi assistentlikni yozib qo'ydi. Germaniyalik posbonning uzoq masofaga oshirgan to'pidan keyin Antuan Grizmann raqib posboni bilan birga bir holatga chiqib bordi va vaziyatdan unumli foydalandi.

Qizig'i, bu ter Shtegenning mavsumdagi ikkinchi assistentligi bo'ldi. U sentyabr oyida "Xetafe"ga qarshi o'yinda ham golga assistent bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal