Ter Shtegen "Barselona" bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
14 mar 2020, 15:02
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Kataloniya klubi bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Futbolchining agenti klub sport direktori Erik Abidal bilan samarali muzokaralar olib bordi.

Bitim tez orada imzolanadi. Ter Shtegen "Barsa"da yana 4-5 yil qoladi.

Oldinroq, germaniyalik darvozabonga "Chelsi", "Yuventus" va "Bavariya" klublari qiziqayotganligi xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mundodeportivo.com