Ten Xag Ronalduni "SHerif"ga qarshi o'yindagi tirishqoqligi uchun maqtadi
28 okt 2022 23:03
Yangiliklar
Ten Xag Ronalduni "SHerif"ga qarshi o'yindagi tirishqoqligi uchun maqtadi
Futbolchi asosiy jamoaga qaytganidan so'ng ilk o'yinda gol kiritishga erishgandi.
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag Krishtianu Ronalduni "SHerif"ga qarshi o'yindagi harakatlari haqida gapirdi.
"Ronuldning o'yin davomida juda ko'p vaziyatlarda omadi kelmadi. Ammo u oldinga o'tishda davom etdi. U taslim bo'lmadi. Oxirida esa o'ziga kerakli narsaga erishdi va gol urdi. Mana Ronalduning butun faoliyatidagi muvaffaqiyatlarining kaliti nimada", -deydi Erik ten Xag.
Malumot uchun, kecha MYU Evropa Ligasi beshinchi turida "SHerif"ga qarshi maydonga chiqib, yirik hisobda g'alaba qozondi. Ushbu o'yinda Krishtianu Ronaldu gol urishga erishdi.
Fikrlar