Ten Xag MYUdan ketishi kerak bo'lgan futbolchilarni aniqlab oldi
02 may 2022 17:45
Yangiliklar
Ten Xag MYUdan ketishi kerak bo'lgan futbolchilarni aniqlab oldi
"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag klubdagi faoliyatiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
"Daily Mail" xabariga ko'ra, murabbiy ayni damda bor etiborini "Ayaks"ga qaratgan. Ammo MYU rahbariyati vakillari Jon Merto hamda Darren Fletcher bilan doimiy aloqada.
52 yoshli mutaxassis yozda shartnomasi yakunlanadigan Pol Pogba, Jessi Lingard, Xuan Mata va Edinson Kavani bilan shartnomaning uzaytirilmasligini malum qilgan.
U yozda jamoaga 4-5 nafar futbolchi olib kelishni rejalashtirmoqda. Oldinroq malum qilinganidek, klub yozda transferlar uchun 100-150 million evro atrofida mablag' ajratadi.
Fikrlar