So’nggi yangiliklar

09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  0 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  2 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  6 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  1 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  1 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  1 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  5 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  17 23:22Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" вазифани уддалай олмади  2 22:59Ринат Дасаев: "Ўзбекистонга Жаҳон чемпионатида омад тилайман"   2 22:38Тимур Кападзе: "Майдонга Дасаевга гол ураман деб тушган эдим"   1 22:14Доннарумма "Сити"да қанча маош олади?  7 21:53Расман: Мастантуоно - "Реал" футболчиси!  4 21:29Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" сўнгги босқич олдидан мағлуб бўлди  8

Ten Xag "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi etib tayinlanganidan so'ng ilk bor intervyu berdi Yangiliklar

Ten Xag "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi etib tayinlanganidan so'ng ilk bor intervyu berdi

Erik ten Xag "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi bo'lgani haqida gapirdi.

"Men uchun "Manchester Yunayted"ni boshqarish katta g'urur. Sabrsizlik bilan yangi joydagi yangi sinovlarni kutyapman. Ushbu buyuk klubning tarixini va muxlislari qanday ehtiroslar bilan uni qo'llab-quvvatlashini bilaman. Men jamoani rivojlantirishga va u loyiq bo'lgan muvaffaqiyatga erishtirishga shayman.

SHuncha ajoyib yillardan so'ng "Ayaks"dan ketish qiyin bo'ladi. Muxlislarni "Manchester Yunayted"ga yo'l olishdan oldin to'liq Niderlandiyada mavsumni muvaffaqiyatli yakunlashga etiborimni qaratishimga ishontirmoqchiman", - deydi ten Xag.

52 yoshli ten Xag 2021/22 yilgi mavsum so'nggida "Manchester Yunayted"da ish boshlaydi. U ishchi vizasi olganidan so'ng jamoaga qo'shiladi. Mutaxassis bilan shartnoma bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Ten Xag joriy mavsum so'nggiga qadar "Ayaks"ni boshqaradi, u jamoada 2017 yilda ish boshlagandi.


→ Rasman: MYU kelasi mavsumdan jamoani ten Xag boshqarishini elon qildi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика