Rasman: MYU kelasi mavsumdan jamoani ten Xag boshqarishini e'lon qildi

Alisher
21 apr 2022, 15:24
Erik ten Xag rasman "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi sifatida e'lon qilindi.

Niderlandiyalik joriy mavsumning so'nggida ishga kirishadi. Uning shartnomasi bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

52 yoshli mutaxassis hozirda "Ayaks"da ishlamoqda. MYU kompensaciya sifatida klubga ikki million evro to'laydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: manutd.com