So’nggi yangiliklar

04:24Илёс Зейтуллаев: "Бу кетишда италияликлар бизга эмас, ўзбек футболчилари Европага боришади"  0 04:22Баҳром Ҳайдаров: "Мураббий сифатида уларни айблай олмайман"  0 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ал Ҳилол" билан дуранг ўйнади. Вальверде 90+2 дақиқада пенальтини голга айлантира олмади  99 00:55Михаил Мудрик допингда айбланмоқда. У тўрт йилга четлатилиши мумкин  2 00:20Эндрю Робертсон Испания клубига ўтишга рози бўлди  1 23:45Неъматилло Қуттибоев: "Захирадан тушган футболчилар биз ўйлагандек ўйинни кучайтира олишмади"  0 23:23Элдор Мойлиев: "2003-2004 йилда туғилган футболчини ёш ҳам деб бўлмайди"  0 23:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Видад Касабланка"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов ўйнамади  34 22:30Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" пенальтилар сериясида "Қўқон-1912"ни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди  15 21:58U21 биринчилиги. Дербида "Пахтакор" ғолиб, "Навбаҳор" Қаршида ғалабага эришди ва бошқа натижалар (+ЖАДВАЛ)  2 21:54Бўш стадионлар борасидаги эътирозлар фонида ФИФА Клублар ўртасидаги ЖЧ чипталари сотуви жуда яхши кетаётгани ҳақида хабар берди  2 21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  1 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  4 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   12 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1

Temurxo'ja Abduxoliqov penaltini Aziz Amonovga bergani sababini aytdi Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov penaltini Aziz Amonovga bergani sababini aytdi

"Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov "Turon"ga qarshi o'yindan keyin klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Bu uchrashuvni yutishimiz shart edi. Birinchi bo'lim fors-major bo'ldi, ishlarimiz o'xshamadi. Uchrashuvning borishini o'zgartira oldik va uch ochkoni qo'lga kiritdik. Bunga qadar ketma-ket o'yinlarda g'alabaga erisha olmayotgandik. Turnir jadvalidagi holatni yaxshilash uchun yutishimiz shart edi. SHu tarzda o'ynab, g'alabalarni qo'lga kiritish uchun harakat qilamiz.

- Muxlislar tomonidan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildingiz. Bu qanchalik darajada yoqimli?
- Individual olqishlar doimo yoqimli. Ammo futbol jamoaviy o'yin. Bu o'yinni bir o'zim yutmadim. Bu erda men ikkinchi plandagi aktyor sifatida "Oskar" oldim. Agarda uch ochko olmasdan, eng yaxshi futbolchi bo'lganimda bu erda intervyu bermagan bo'lardim. SHu boisdan aytishim mumkinki, uch ochko har qanday individual sovrindan muhim.

- Birinchi penaltini siz amalga oshirdingiz va hisobni tenglashtirdingiz. Ikkinchi penaltini nima uchun Aziz Amonov tepdi?
- Umuman olganda, penaltini tepishni istagandim. Aziz keldi va o'zi ishlagan penaltisini tepishni so'radi. Odamlar penaltidan gol urish oson deb o'ylashadi. Biroq hozirda darvozabonlar anchagina saviyali va kuchli. O'yin davomida jamoadoshlarim mendan penaltini so'rashsa, inkor qilmayman.

- Birinchi bo'limda jamoaga og'ir bo'ldi. Ikkinchi taymda esa huddi boshqa jamoa maydonga tushgandek. Tanaffusda kiyim almashtirish xonasida qanday gaplar bo'ldi?
- Murabbiy barchaning etiborini jamlab, ikkinchi bo'lim uchun qanday taktika bo'lishini aytib o'tdi. Qaerda tartibli, qaerda zich o'ynash kerakligini tushuntirdi. To'g'risini aytganda, Miakel Sekeyra raqiblarni taktik tomonlama mag'lub etdi. Uning ko'rsatmalari orqali g'alabaga erishdik.

- Muxlislarga tilaklaringiz.
- Albatta, ularga omad va salomatlik tilayman. Muxlislarni stadionda ko'rish doimo yoqimli. Ular ham stadionlarga qaytib, o'z jamoalarini qo'llab-quvvatlaydigan vaqt keladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика