So’nggi yangiliklar

16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  2 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  7 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  0 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  3 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  1 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  1 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  1 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  11 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  2 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  1 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  7 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  18

Temur Turdiev: "Raqibga maydon qiyinchilik tug'dirdi? "Buxoro"ning tayinli maydoni yo'q-ku" Yangiliklar

Temur Turdiev: "Raqibga maydon qiyinchilik tug'dirdi? "Buxoro"ning tayinli maydoni yo'q-ku"

Pro liganing oltinchi turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Buxoro" (2:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Temur Turdiev fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin uchun futbolchilarimga rahmat aytaman. Muxlislarga ham so'nggi daqiqaga qadar qo'llab-quvvatlashgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Navbatdagi o'yinlarda g'alaba qozonib ularni yanada quvontiramiz, degan umiddaman. Umuman olganda bahs teng kurashlar ostida kechdi, deb o'ylayman. Yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi. Ikki jamoa ham bir biridan mahorat borasida qolishmadi. Durang adolatli bo'ldi".

- Rasul Musaev qachon safga qaytadi?
- Hozirda davolanish muolajalarini olib bormoqda. SHifokorlar tavsiyasiga amal qilyapti. O'ylaymanki, keyingi o'yinlarda safimizga qaytadi. Rasulda yaxshi tezlik bor.

- O'yingohga yana qo'shimcha o'rindiqlar o'rnatiladimi?
- Qo'shimcha tribunalar borasida rahbariyatga malum qilganmiz. Qo'ldan kelgancha yordam berishyapti.

- Ulug'bek Yangiboevni navbatdagi uchrashuvlarda ko'ramizmi?
- U hozirda murabbiylik faoliyatini boshlayapti. Ulug'bek yosh emas. Kelajakda yaxshi darvozabonlar murabbiyi sifatida ko'plab shogirdlar etishtirib chiqarishiga ishonaman.

- Yomg'ir o'yinning borishiga qanchalik tasir qildi?
- Yomg'ir bo'lsa o'yin qiziqarli bo'ladi. Futbolchilar bir joyda turib qolmaydi. So'nggi daqiqalarda hisobni ushlab qolishga mahorat etishmadi.

- Nima deb o'ylaysiz, "Buxoro" xarakter ko'rsatdimi yoki "Aral Samali"?
- Albatta "Aral Samali". Tajriba hisobiga raqib hisobni tenglashtirdi. Futbolchilar gol urgandan so'ng diqqatni yo'qotib qo'ymoqda. Mahorat asta sekin keladi.

- "Buxoro" jamoasi bosh murabbiyi maydon haqida tanqidiy fikr bildirdi. Bunday maydon futbolchilar uchun xavfli, biz hatto mashg'ulot ham o'tkazmaymiz dedi. Sizning mazkur holatga munosabatingiz qanday?
- Suniy maydonda o'ynashga majburmiz. Maydon chimimiz so'nggi talablarga javob beradigan, zamonaviydir. Katta qiyinchilik tug'dirmaydi. Raqib jamoa murabbiyi shunday desa degandir. Biz ham Buxoroga borganda qanday maydonda o'ynaymiz, ko'ramiz. O'zi "Buxoro" jamoasining tayinli maydoni yo'q. Ular ham bizga o'xshab har erda o'ynab yurishibdi. Bizlarda bori shu. Yigitlar hech qanday jarohat olgani yo'q, hali. Tabiiy maydonda o'yin boshqacha bo'lishi tabiiy. SHuni hisobga olib ertaroq boramiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика