So’nggi yangiliklar

21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  1 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  0 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  6 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  3 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  25 14:18Жоан Лапорта: "Месси эндиликда “Барселона”га футболчи сифатида қайтмайди"  7

Temur Turdiev: “Murabbiylik bilan birga futbol o'ynashni ham davom ettiraman” Yangiliklar

Temur Turdiev: “Murabbiylik bilan birga futbol o'ynashni ham davom ettiraman”

Teglar :  Temur TurdievOrol
O'z vaqtida oliy liganing “Qizilqum”, “Metallurg” va “Buxoro” kabi jamoalarida o'ynagan Temur Turdiev yaqinda “Orol” bosh murabbiyi sifatida ish boshladi.
SHu munosabat bilan Qoraqalpog'iston o'g'loni bo'lgan Turdiev bilan bog'landik.

- “Orol” jamoasi men uchun begona emas. Bu klubda ilgari ko'p o'ynaganman. O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ham “Orol”da o'tkazdim. Yaqinda jamoa rahbariyati sobiq bosh murabbiy Nematulla Quttiboevning o'rniga meni nomzodimni ko'rayotganini bildirganida, hech ikkilanmay ushbu masuliyatli vazifani o'z zimmamga olishga qaror qildim.   

- Yangi mavsumga tayyorgarlik imkoniyatdan kelib chiqib bo'lmoqda. Poytaxtga borib yig'in o'tkazish imkoniyat hozircha yo'q.   

 - Tarkibda ham sezilarli o'zgarishlar yuz berdi. Erbol Seytnazarov, Azamat Ilyasov va Miras Qarliboev endigi faoliyatini “Xorazm”da davom ettirishga qaror qildi. Nurlibek Talasboev esa “Cementchi” ga o'tdi. Oliy liga klubi “Neftchi”ga esa Damir Nizanovni berdik. Yo'qotishlar o'rnini mahalliy yoshlar bilan to'ldirishga etibor qaratyapmiz.

- Murabbiylar shtabida menga sobiq futbolchi Mansur Abdullaev ko'maklashmoqda. Har ikkimizda ham “S” murabbiylik licenziyasi mavjud. Nasib qilsa shu yil “V” licenziyasi uchun ham o'qishni rejalashtirganmiz.

- Bosh murabbiy sifatida ishlasamda, futbolchilikni ham davom ettirmoqchiman. Hali maydonda bemalol o'ynashga kuch-quvvatim etadi.

- “Xorazm” bilan Kubok o'yiniga bo'lgan qiziqish yuqori edi. SHu kuni ko'p vaziyatlardan unumli foydalana olmadik. Yangi tarkib shakllanayotgani bois futbolchilar hozircha bir-birlarini to'liq tushunib ketishmagan. Buning uchun vaqt kerak. Asosiysi g'alaba qozondik va keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritildi.

- “Qizilqum”ga qarshi kechadigan Kubok o'yini Navoiyda bo'ladi. CHunki Nukusdagi “Turon” stadionida tamirlash ishlari olib borilmoqda.  Katta ehtimol bilan chempionatning ikkita o'yinini ham safarda o'tkazamiz.


Islombek Rustambekov.
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика