Temur Turdiev: "Orol" - kelajak uchun tuzilmoqda"

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2016, 08:41
O'zbekiston birinchiligi 15-turidan o'rin olgan “UzDongJu” - “Orol”6:4 bahsidan so'ng mehmonlar o'ynovchi murabbiyi Temur Turdievning fikrlari bilan qiziqdik:

"O'yinda mahoratli hisoblangan“UzDongJu” jamoasi ustunligida o'tdi bizni jamoamiz tarkibi asosan yoshlardan iborat, darvozabonimiz  ham hali yosh. Bizga aynan mahorat yetishmadi. O'tgan yilgi tarkib 90 foiz almashib ketgan. Yoshlarimizda o'yin amaliyoti kamligi sezilib qolyapti.

Jamoa oldiga qo'yilgan maqsad ligada jon saqlab qolish. Sharoitlarimiz o'tgan yilgi bilan solishtirganda birmuncha yaxshilangan shuning uchun asosan yoshlardan iborat jamoa tuzib kelajak uchun ishlayapmiz - deya so'zini yakunladi Turdiev.

"UzDongJu" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia