So’nggi yangiliklar

12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  1 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  4 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  5 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  9 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  3 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  7 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  7 08:04"Байер"дан хайдалган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  8 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  13 02:20Хейлунд МЮдан кетганидан қаттиқ ҳафа бўлган. Ҳужумчи ўзини Шешкодан яхшироқ деб ҳисоблаганди  7 01:50УЕФА "Барселона"га EЧЛ лига босқичи давомида "Камп Ноу"га қайтишига рухсат беради. Регламентда бу тақиқланганди  12 01:35Диёр Холматов: "Янги либосларнинг сифатига гап йўқ"  27 01:15Расман: Гюндоган "Ман Сити"дан "Галатасарой"га ўтди. Трансфер турк клубига текинга тушди  0 00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  3 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  16

Temur Olimxo'jaev: “Osiyo chempionatiga har tomonlama tayyormiz” Yangiliklar

Temur Olimxo'jaev: “Osiyo chempionatiga har tomonlama tayyormiz”

15 sentyabr kuni Hindistonda o'smirlar o'rtasida futbol bo'yicha Osiyo chempionati start oladi.

Ushbu musobaqada ishtirok etadigan O'zbekiston U-16 terma jamoasi yakuniy o'quv-yig'in mashg'ulotlarini Slovakiyada olib bordi va 3 sentyabr kuni jamoa Toshkentga qaytib keldi.

O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichi boshlanishi arafasida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev O'zbekiston Futbol Federaciyasi matbuot xizmatiga intervyu berib, musobaqaga tayyorgarlik jarayoni, jamoaning holati, oldinga qo'yilgan vazifa masalalari borasida to'xtalib o'tdi.

“Biz Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorgarlikni fevral oyidan boshladik, - deya so'z boshladi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi murabbiyi -  Mart oyining ilk kunlarida Toshkentda Yaponiya futbol associaciyasi bilan hamkorlikda “Sport for tomorrow” nomli xalqaro o'rtoqlik turnir o'tkazildi. Unda biz Yaponiya, Eron, Turkmaniston o'smirlariga qarshi o'yinlar o'tkazdik. Tashkiliy jihatdan ham, chaqirilgan jamoalar saviyasi tomondan ham yaxshi turnir bo'ldi.

Aprel oyidagi yig'in davomida Polsha bilan Toshkentda ikkita o'rtoqlik ucharshuvi o'tkazdik. So'ngra may oyida Birlashgan Araba Amirliklarida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazib, BAA o'smirlari bilan nazorat o'yini o'tkazildi.

Iyun oyida Belaruda yig'in o'tkazdik va evropaliklar bilan ham nazorat uchrashuvlari tashkil etdik.

Iyul oyidagi yig'inimizda Toshkentda Ummon o'smirlar terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik ucharshuvi o'tkazildi.

Rejaga ko'ra avgust oyida jismoniy tayyorgarlik borasida ish olib borishimiz kerak edi. SHu maqsadda, Dukentda ikki haftalik o'quv yig'ini o'tkazildi. Avgust so'nggida esa Slovakiyaga safar uyushtirib, tayyorgarlik jarayonimizning so'nggi bosqichi doirasida Slovakiya U-16 terma jamoasi bilan ikkita o'yin o'tkazdik. O'yinlarning har ikkisida durang qayd etildi. Ushbu yig'inda biz Osiyo chempionatiga olib boriladigan yakuniy tarkib borasida bir qarorga kelib oldik va hozir bizda qita birinchiligiga boradigan 22 futbolchidan iborat yakuniy ro'yxat mavjud.

Umuman, musobaqaga tayyorgarlik avvaldan ishlab chiqilgan reja bo'yicha olib borildi va bu borada bizga O'zbekiston Futbol Federaciyaisi va terma jamoalar markazi tomonidan barcha sharoitlar yaratib berildi. SHu o'rinda ularga minnatdorchilik bildiraman. O'ylaymanki, bularning barchasi o'z natijasini beradi. Olib borilgan tayyorgarlik jarayonidan ko'nglim to'ldi”.

O'zbekiston U-16 Osiyo chempionati saralashida eng sermahsul jamoalardan biri bo'lgadi. Biroq o'tkazilgan o'rtoqlik ucharshuvlarining aksari gollarga boy bo'lmaganini takidlab, hujum chizig'idan ko'nglingiz to'qmi, deya so'raganimizda, Temur Olimxo'jaev, quyidagicha javob berdi.

“Avvalo, o'rtoqlik uchrashuvlardan maqsad – raqib darvozasiga imkon qadar ko'p gol kiritish emas. Biz o'yinlarda jamoaviy o'yinni yo'lga qo'yishga, chiziqlar o'rtasidagi uzviylikni, paydo qilishga, turli taktik chizmalarni sinab ko'rishga harakat qildik. Ikkinchidan, biz nazorat o'yinlari uchun tanlagan raqiblarimiz saralashdagi raqiblarimizdan saviya borasida ancha ustun ekanini unutmaslik lozim. Yaponiya, Eron, Polsha, Belarus, Slovakiya kabi jamoalar bilan Maldiv orollari, Falastin va Yaman bilan qiyoslab bo'lmaydi. Hujumchilar haqida esa shuni aytishim mumkin: biz tanlab olgan to'rt hujumchi – ushbu yoshda O'zbekistondagi eng yaxshi hujumchilardir”.

Jamoa oldidagi keyingi rejalar va Osiyo chempionati final bosqichiga qo'yilgan maqsad borasida esa Olimxo'jaev quyidagilarni takidladi.

“Jamoa 3 sentyabr kuni Slovakiyadagi yig'indan qaytdi. Yigitlar endi bir necha kun dam oladi va 8 sentyabr kuni yig'iladi. 9 sentyabrda esa 22 futbolchi, murabbiylar shtabi va  delegaciya azolari Hindistonga jo'nab ketadi. 11 sentyabr kuni musobaqa bo'lib o'tadigan Goa shahrida qita chempionatidan avval Avstraliya o'smirlar terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirganmiz. Musobaqa 15 sentyabrda boshlanadi. Bizning dastlabki o'yinimiz esa 17 sentyabr kuni, Tailandga qarshi bo'ladi.

Ushbu musobaqada munosib qatnashish uchun bizga barcha sharoit yaratildi. Endi biz ham shunga mos ravishda, eng yaxshi o'yinlarimizni namoyish etishimiz kerak bo'ladi. Bizning oldimizga Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan. O'ylaymanki, biz buni uddalay olamiz. Musobaqaga har tomonlama tayyormiz”, - deya so'zini yakunladi Temur Olimxo'jaev.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика