Oston O'runov bolalikdagi ustoziga mashina sovg'a qildi

Sherzod Nurmatov
14 apr 2025, 17:18
Kuni kecha o'zining 70 yoshlik yubileyini nishonlagan murabbiy Temur Olimxo'jaev shogirdlaridan biri hisoblangan Oston O'runovdan ajoyib hadyani qabul qilib oldi.

"Futbol Ekspress" xabariga ko'ra, milliy tyerma jamoaning yetakchilaridan biri Oston O'runov o'smirlik chog'idagi ustoziga Cobalt avtomashinasini sovg'a qilgan.

Temur Olimxo'jaev 1975–1979 yillarda "Paxtakor" futbol klubida to'p tepgan. 1979 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlab, bolalar futboli murabbiyi sifatida ish boshlagan. 2002 yilda Viktor Borisov va Temur Olimxo'jaev boshchiligida O'zbekiston yoshlar tyerma jamoasi tarixda ilk bor U-20 Jahon chempionatiga yo'l olgan. Temur Turobovich 2016 yilda O'zbekiston U-16 tyerma jamoasi bilan Osiyo Kubogida ishtirok etgan. Shuningdek, bir necha bor "Yilning eng yaxshi bolalar futboli murabbiyi" deb topilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Футбол Экспресс