So’nggi yangiliklar

14:52Азалий рақиблар қарама-қаршилиги: "Пахтакор" - "Ал Ҳилол" ўйинига тайёрмисиз?  9 14:29"Челси" 17 ёшли футболчи учун 15 млн. евро тўлайди  1 14:07"Атлетико" раҳбари Сересо Перес ҳақида: "Реал" тарихидаги энг яхшиси"  4 13:17Пике: "Реал" ва "Барселона" бир-бирига керак"  13 12:45Саудия Арабистони чемпионатида Тоуни ва Бензема Роналдуга деярли етиб олишди  4 12:17"Реал" "Арсенал" футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:55Аморим МЮ ўйини ҳақида: "Баъзида ижобий жиҳат топиш қийин бўлади"  1 11:50Интервью. Февзи Давлетов: "Тизимли ўйинимизни сақлаб қолдик. Трансферлар? Айнан керакли позицияга футболчи олинди"  3 11:30Рустам Хожаев: "Осиё кубоги мезбонлиги Марказий Осиё футболи ривожи учун жуда катта туртки бўлади"  5 10:53«Ман Сити» тарбияланувчиси «Манчестер Юнайтед»га ўтиши мумкин  3 10:24Неймар 2013 йилда нима учун «Реал»ни эмас, «Барселона»ни танлаганини тушунтириб берди  15 09:50Клаудио Раньери Довбикнинг ҳолати ҳақида маълумот берди  5 09:21«Арсенал» Германия терма жамоаси аъзосини ёзда текинга қўлга киритиши мумкин  1 08:53Месси келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  14 08:25АПЛдаги мусулмон футболчилардан ташкил топган рамзий жамоа тузилди  5

Temur Kapadze: "Olimpik" g'alabaga loyiq edi. Biz ikki ochko yo'qotdik" Yangiliklar

Temur Kapadze: "Olimpik" g'alabaga loyiq edi. Biz ikki ochko yo'qotdik"

Superliganing uchinchi turidan o'rin olgan “Paxtakor” – “Olimpik” (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Temur Kapadze fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— O'yin qiziqarli bo'ldi deb o'ylayman. "Paxtakor" bilan durang o'ynash bizning yigitlar uchun g'alabaga teng natija. Bizda yaxshi imkoniyatlar bo'ldi, bu o'yinda g'alaba qozonishimiz mumkin edi. SHogirdlarimning yoshligi bazi vaziyatlarda pand berdi, ko'plab imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Lekin bu o'sishga xizmat qiladi. Kelgusi safar shunday vaziyatlarda yaxshiroq harakat qilishadi. Umuman olganda, o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Raqibni ham o'rgandik. Yomg'ir tufayli mashg'ulot o'tkazishda biroz qiyinchilikga duch keldik. Menimcha, o'yin ko'ngildagidek o'tdi. 

— Jamoa "Paxtakor" hujumlarini ancha oldinda kutib oldi. Bu raqib uchun tayyorlangan kombinaciya edimi? 

— Biz "Paxtakor" o'yinchilarini yaxshi bilamiz, barchasi kuchli futbolchilar. Agar ularga qarshi pressing uyushtirmasak, bundan unumli foydalanishardi. SHu bois bu borada puxta tayyorlandik. Amalda bu reja o'zini oqladi. Keyinchalik "Paxtakor" uzatmalar amalga oshirishni boshladi. Qarama-qarshi masofadagi uzatmalar bizga murakkablik tug'dirdi. "Paxtakor"ning hozirgi o'yin uslubi o'zgargan. Ularning so'nggi ikki-uch o'yinini ko'rdim, uslub o'zgacha, uzatmalar soni ko'paygan. Avval nazorat, kombinaciyalar orqali o'yin tashkillashtirilgan bo'lsa, hozirda yangi murabbiyning talablari farq qiladi. 

— O'yin davomida qanot hakamiga o'z etirozlaringizni bildirdingiz. Qanday masala yuzasidan shikoyat qildingiz?

— Birinchi navbatda, kichik qoidabuzarliklar yuzasidan etirozim bor edi. Balki hakamning qarori to'g'ridir, bu vaziyatlarni takror ko'rgach, xulosaga kelish mumkin. Bu o'yin davomida hissiyotlarga berilish, bu tabiiy hol. Hakam qancha kam xato qilsa, uning shu darajada kuchli ekanlligini anglatadi. Menimcha, ularda ham o'sish bor.

— "Olimpik" jamoasi bazi vaziyatlarda keraksiz qo'polliklar ishlatishdi...

— Maydonda kurash ketayotganda bunday holatlar bo'lishi mumkin. Lekin atayin maydonga shu niyatda chiqqan deb o'ylamayman. To'p uchun kurashda bunday holatlar bo'lishi tabiiy. 

— Bugun "Olimpik" ikki ochko yo'qotdimi yoki bir ochko ishladimi?

— Mening nazarimda, ikki ochko yo'qotdik. Balki durang natija adolatlidir, bizda yaxshi imkoniyatlar ko'p bo'ldi. Ulardan foydalanishda esa oqsayapmiz. Bu boshqa o'yinlarda ham sezilyapti. Tajribali o'yinchilarimiz bo'lganda, bundan imkoniyatlardan foydalanishardi. Biroq yoshlardan hamma vaziyatni golga aylantirishlaring kerak deya talab qilolmayman. SHu kabi o'yinlar orqali ular tajriba orttiradi. O'yin jihatdan oladigan bo'lsak, g'alabaga loyiq edik.

— "Olimpik" futbolchisiga ko'rsatilgan qizil kartochka haqida fikr bildirsangiz...

— Bizga ham shunday tuyuldi. VARda ko'rishdi vaziyatni. Bizning futbolchi elka bilan o'ynagani sababli Turg'unboev muvozanatni yo'qotdi. Futbolda qandaydir qonunlar bor, shu bois shogirdim. qizil kartochka bilan jazolandi. 




Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика