So’nggi yangiliklar

10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  0 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  2 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  0 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  12 07:35Суперлига. Бугун 14-тур якунланади  4 05:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ чорак финалда. Бизни чорак финалда даҳшат учрашув кутмоқда  5 01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  1 00:17Одил Ҳамробеков биринчи даврада унга энг кўп қийинчилик туғдирган футболчи кимлигини айтди  1 00:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. "Фламенго" - "Бавария" баҳсининг асосий таркиблари маълум қилинди  5 23:48Элдор Мойлиев: "Яккакурашларда ютқазсангиз, ҳеч қанақа тактика ёрдам бермайди"  0

Telegram bot: "Eng kutilmagan natija qaysi o'yinda qayd etildi?" Yangiliklar

Telegram bot: "Eng kutilmagan natija qaysi o'yinda qayd etildi?"

Teglar :  So'rovnoma
Bugun kunduzi soat 10:50da Telegram kanalimizga so'rovnoma qo'ygandik.

Kecha o'tkazilgan uchrashuvlar orasida "Eng kutilmagan natija qaysi o'yinda qayd etildi?" savoliga variant tariqasida quyidagi bahslarni keltirib o'tdik. Ovoz berish jarayoni hamon davom etmoqda, lekin biz jami ovozlar soni 5600taga etganidan so'ng shu asosda qaysi o'yin qancha ovoz olganini keltirib o'tmoqchimiz. 


75% "Tottenxem" - "Bavariya" 2:7 (4183 ovoz) 

10% "Al Sadd" - "Al Hilol" 1:4 (547 ovoz) 

6% "Qo'qon-1912" - "Metallurg" 2:3 (355 ovoz) 

6% "Bunyodkor" - "Buxoro" 1:1 (335 ovoz) 

3% "Qizilqum" - "Lokomotiv" 1:1 (180 ovoz) 


Demak, ko'p sonli muxlislarning fikriga ko'ra, ECHL doirasidagi "Tottenxem" - "Bavariya" bahsi 75% bilan eng kutilmagan natija qayd etilgan bahs deb topildi. So'rovnomada ishtirok etgan 5600 muxlisdan 4183 nafari aynan mana shu o'yinga ovoz bergan. 

Kecha tunda Londonda chindan ham haqiqiy "triller" kuzatildi. To'g'ri, "Bavariya" kuchli, lekin hech kim "Tottenxem" o'z darvozasidan 7ta gol o'tkazib yuborishini kutmagandi. Bundan tashqari Serj Gnabri raqib darvozasiga to'rtta gol urishning uddasidan chiqdi. 

Ovoz berish bo'yicha ikkinchi o'rinni OCHL yarim finalidan o'rin olgan "Al Sadd" - "Al Hilol" bahsi egalladi. 547 muxlis shu o'yin natijasini eng kutilmagan deb topgan. "Al Sadd" o'z maydonida qanchalik kuchli ekanini bilamiz, lekin bu jamoaning o'z maydonida o'ta muhim bellashuvda 1:4 hisobida yutqazib qo'yishini hech kim kutmagandi. Abdulkarim Hassan qizil kartochka olgach, hammasi o'zgarib ketdi va ustunlik to'liq "Al Hilol" tomonga o'tdi. 

Oxirgi beshta o'yinning 4tasini g'alaba bilan yakunlagan "Qo'qon-1912" "Metallurg" bilan bahsga kelganda 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Albatta, bu ham kutilmagan natijalardan biri bo'ldi. Bu o'yinda mezbonlar sardori Murod Xolmuhamedovning chetlatilishi pand berdi. Agar "Qo'qon-1912" bir kishi kam bo'lib qolmaganida kamida durang o'ynashi mumkin edi. Ushbu uchrashuv 355 ovoz to'pladi. 

Superliga 21-tur doirasida "Bunyodkor" o'z maydonida "Buxoro"ni qabul qilib 1:1 hisobini qayd etdi. Avvalgi turda "Nasaf"ni mag'lub etgan "Buxoro" Toshkentda "Bunyodkor"dan ham ochko olishni uddaladi. Bilasiz, buxoroliklar hozirda elitada jon saqlab qolish uchun kurash olib borishmoqda. Buning uchun jamoa har bir o'yinda bor kuchi bilan harakat qilyapti. Ishtirokchilardan 335 kishi shu o'yinga ovoz bergan. 

Va nihoyat, Navoiyda kechgan "Qizilqum" - "Lokomotiv" qarama-qarshiligi 180 ovoz bilan oxirgi o'rinni egalladi. O'zbekistonning 2018 yildagi chempionini ayniqsa ikkinchi davrada tanib bo'lmayapti. "Lokomotiv" oxirgi to'rt uchrashuvni durang bilan yakunladi va hammasida 1:1 hisobi qayd etildi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика