So’nggi yangiliklar

07:30"Манчестер Сити" - "Ал Айн" 6:0 (Матнли трансляция)  10 07:20Суперлига. Бугун 13-тур якунланади  3 02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  1 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  2 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  131 00:35Погба янги клуби деярли маълум  3 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  75 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  1

Tayyorlov guruhlari Respublika Birinchiligi. “Nasaf” g'olib bo'ldi! Yangiliklar

Tayyorlov guruhlari Respublika Birinchiligi. “Nasaf” g'olib bo'ldi!

Qarshi shahrida 1999-2000 yillarda tavallud topgan Oliy va birinchi liga tayyorlov guruhlari o'rtasidagi Respublika Birinchiligining final bosqichi nihoyasiga etdi.

Bugun 3-o'rin va 1-o'rin uchun  uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Dastlab 3-o'rin uchun “Paxtakor” va “Lokomotiv” jamoalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv 2:2 hisobida nihoyasiga etdi. G'olib jamoa penaltilar seriyasi orqali aniqlandi. Unda Timur Alimxo'jaev murabbiyligidagi “Paxtakor” jamoasi 5:4 hisobida g'alaba qozondi va 3-o'rinni egalladi.

SHundan so'ng, final uchrashuvi boshlandi. Unda Qarshining “Nasaf” va Farg'onaning “Neftchi” jamoalari o'zaro bellashdilar.

Uchrashuv qiziqarli va kurashlarga boy bo'ldi. Birinchi bo'limning yodda qoladigan voqeasi 17-daqiqada sodir bo'ldi. O'zaro tortishganlari uchun “Nasaf”dan Jasur Jumaev va “Neftchi”dan Afzal Abdug'anievlar maydondan chetlatildi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo'lim birinchi bo'limga nisbatan yanada shiddatli kechdi. Ikkinchi bo'limning 50-daqiqasida “Neftchi” jamoasi himoyachilari hujumchimiz Orifjon Murodovni jarima maydonchasida yiqitishdi. Uchrashuv hakami Igor Gormashov 11 metrlik jarima nuqtasiga ishora qildi. Penaltini Dilshod Saitov bexato amalga oshirdi va jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi – 1:0.

Bu hisobdan keyin o'yin yanada qizidi. Har ikkala jamoada gol urish uchun yaxshi imkoniyatlar bo'ldi. Darvozabonimiz Umidjon Ergashev bugungi uchrashuvda ham o'z mahoratini ko'rsatib, ko'plab vaziyatlarda darvozamiz dahlsizligini saqlab qoldi.

Uchrashuvning 80-daqiqasida jamoamiz raqib jarima maydonchasi yaqinida standart vaziyatga ega bo'ldi. Jarima to'pini chiroyli tarzda amalga oshirgan Elbek Otaqulov hisobni 2:0 ko'rinishga o'zgartirib qo'ydi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida darvozalarga gol kiritilmadi va finalda yosh futbolchilarimiz g'alaba qozonishdi.

SHunday qilib, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi Nurali Sultonov qo'l ostidagi jamoamiz, Respublika Birinchiligining g'olibi bo'lishdi.

Eslatib o'tamiz, bu yilgi tayyorlov guruhlari o'rtasidagi Respublika Birinchiligida 2003 yilda tug'ilgan yosh futbolchilarimiz ham g'oliblikni qo'lga kiritishgan edi.

Bu, “Nasaf” futbol maktabida ishlar ko'ngildagidek yo'lga qo'yilganligidan va maktabimizda faoliyat yuritayotgan murabbiylar o'z ishiga sadoqat bilan yondoshayotganligidan dalolat beradi.

Final uchrashuvlari yakunlangach, g'oliblarga medallar, diplomlar va musobaqa kuboklari tantanali ravishda topshirildi.

 
Tayyorlov guruhlari-1999-2000. FINAL

“Nasaf” (Qarshi) – “Neftchi” (Farg'ona) 2:0 (0:0)

12.11.2017. “Nasaf” FM suniy maydoni, 12:00da

Hakamlar: 
Igor Gormashov (Toshkent), Sardor Hakimov (Samarqand), Amal Sultonov (Navoiy), Firdavs Norsafarov (Qarshi)

Nazoratchi: Oleg Viktorovich Dachev (Toshkent)

Gollar: Dilshod Saitov (pen.50), Elbek Otaqulov (80).

“Nasaf”: 1.Umidjon Ergashev (s) (30.Elshod Qodirov 90), 6.SHohmalik Komilov (14.Jamshid Abdullaev 83), 7.Dilshod Saitov (5.Navro'z Safarov 89), 10.Xudoyorxon Sagdullaev (15.Alpomish Mirov 62), 22.Elbek Otaqulov (8.Timur Nabiev 87), 27.Mirzabek Joniqulov, 31.Akmal Mozgovoy, 33.Farruh Absalomov, 38.Orifjon Murodov (18.Abdulla Miyassarov 80),  42.Jasur Jumaev, 45.Muhriddin Zoirov (16.Saddam To'xtaev 74).

Jamoa murabbiyi: Nurali Sultonov

“Neftchi”: 30.Mashhur Muxammadjonov, 3.Rahimbek Mamatkarimov, 5.Botir Mamasodiqov (s), 6.SHaxboz G'aniev (43.SHohjahon Ro'zimatov 65), 19.Nodir To'lanov, 22.Asilbek G'oyibjonov (20.Muxammadqodir Umarjonov 54), 25.Abror Inomov (30.Ulug'bek Akromov 55), 26.SHaxzod Usmonov, 47.Xamidullo Abduxamidov, 52.Asadbek Mamurov, 99.Afzal Abdug'aniev.

Zaxira: 45.Ilhom Vahobov, 71.Bobur Muqimov, 75.Bobur Nabiev, 80.Azizbek Raxmonov.

Jamoa murabbiyi: Ruslan Umirov

Ogohlantirish: Abror Inomov (25).

CHetlatish: Jasur Jumaev (17) – Afzal Abdug'aniev (17).


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика