"Lokomotiv" U-13 va U-15 tayyorlov guruhlari musobaqasini boshladi

Xayrulla Xoliqov
8 avg 2019, 14:39
Avgust oyi boshida har yili ananaviy tarzda o'tkazib kelinadigan Respublika tayyorlov guruhlari musobaqasiga start berildi.

Ma'lumki, ushbu musobaqada Superliga va Proliga jamoalari qoshidagi futbol maktablari tarbiyalanuvchilari ishtirok etadi. 

"Lokomotiv" futbol maktabi ham bunda ikkita yosh toifasida ishtirok etmoqda. U-13 jamoasida 2006 yil tug'ilgan tarbiyalanuvchilarimiz (bosh murabbiy Sunnat Ro'ziev) va U-15 jamoasida 2005 yilda tug'ilgan futbolchilar (bosh murabbiy Saydullo Tursunov) to'p tepmoqda. 

Aslida U-15 jamoasida 2004 yilda tug'ilganlar o'ynashi lozim edi, biroq "Lokomotiv" PFK rahbariyati qaroriga ko'ra bir yosh kichiklarni o'ynatish lozim topildi. U-13 jamoamiz dastlabki turni "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazib, 1:0 hisobida zafar quchdi. U-15 nomidan o'ynayotgan 2005 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilarimiz ilk turda "Bunyodkor"ning 2004 yilgi futbolchilariga qarshi maydonga tushib, 0:4 hisobida mag'lub bo'lishdi. 

2-tur bahslari 6 avgust kuni "Paxtakor" bilan bo'lib o'tishi kerak edi, biroq bu o'yinlar boshqa kunga qoldirildi. 3-turni "Loko" tarbiyalanuvchilari 12 avgust kuni uyda "Metallurg"ga qarshi o'tkazishadi. Har ikkala bahs TTYMI stadionida bo'lib o'tadi va 9:00 hamda 10:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: lokomotiv.uz