So’nggi yangiliklar

20:56"Бунёдкор" суперкамбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  12 20:35Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон - Шри-Ланка (LIVE)  0 20:20Абраҳам "Рома"га қайтди  1 20:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Интер Майами" учрашувининг асосий таркиблари маълум!  9 20:00Суперлига. "Бухоро" - "Шўртан" 1:1 (Матнли трансляция)  2 19:27Юрген Клопп: "Ғалати эшитилиши мумкин, энди мураббийлик қилишни истамайман"  2 18:49"Челси" янги стадион қурмоқчи  1 18:27Суперлига. "Бунёдкор" - "Сўғдиёна" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 17:59"Барселона" де Йонг билан келишиб олди  0 17:21Дезире Дуэ "Интер Майами"га қарши ўйин олдидан: "Бу турнирда фақатгина энг кучлилар ўйнайди. Хато қилишга ҳаққимиз йўқ"  6 16:57"Челси" келаси ҳафтада янги трансферни эълон қилиши кутилмоқда  3 16:20"Шўртан" бугун 10 йиллик "қора анъана"га чек қўядими?  2 15:58ПСВ "Манчестер Юнайтед" футболчисини сотиб олмайдиган бўлди  1 15:21Дел Пьеро клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида ким ғолиб бўлишини тахмин қилди  8 14:53Эмилиано Мартинес "Челси" ёки "Атлетико"га ўтиши мумкин  0

Tartib-intizom Qo'mitasi qarorlari Yangiliklar

Tartib-intizom Qo'mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.


Oliy liga

Oliy liganing 16-turida "Paxtakor"ga qarshi o'yinda "Olmaliq" darvozaboni Valeriy Fomichev raqibiga zarba bergani uchun ikki o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

"Navbahor" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov "Mashal" bilan bo'lib o'tgan o'yinda yordamchi hakamni turtgani va hakam shaniga nomaqul fikrlar bildirgani uchun jarimaga tortildi va ogohlantirildi. Agarda bu holat yana takrorlansa, unda Ashurmatovga nisbatan tegishli choralar qo'llanilishi takidlandi.

Lokomotiv klubi mamuri Baxtiyor Ismoilov "Metallurg"ga qarshi o'yinda hakam manzili tomon nomaqul fikrlar bildirgani uchun jarimaga tortildi. Agarda bu holat yana takrorlansa jiddiyroq chora ko'rilishi aytib o'tildi.


O'zbekiston Kubogi

Cementchi futbolchisi Azizxon Ibragimov O'zbekiston kubogining ¼ final bosqichi doirasida Paxtakorga qarshi o'yinda raqib futbolchisi tomon aytgan ortiqcha gaplari uchun 3 o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Paxtakor himoyachisi Murod Xolmuhamedov Cementchi bilan bo'lib o'tgan o'yinda raqibi tomon qilgan ortiqcha harakati uchun 3 o'yinga diskvalifikaciya qilindi.


Yoshlar ligasi

"Qo'qon-1912" futbolchisi Azamjon Somidjonov Yoshlar ligasining 2-turidan o'rin olgan "Paxtakor"ga qarshi qoldirilgan bellashuvda raqibiga nisbatan qo'pol harakati uchun 2 uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.


Birinchi liga

Lokomotiv-BFK futbolchisi Sunnatulla Saidov 3 uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.

Cementchi azosi Bahodirjon Yigitaliev 3 o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

CHust-Paxtakor murabbiyi Leonid Senkevich yordamchi hakam manzili tomon nomaqul so'zlari uchun jarimaga tortildi.

Paxtakor-2 himoyachisi Dian Talxatov 3 o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Paxtakor-2 direktori SHuhrat Rahmonkulov "Oq-tepa" bilan bo'lib o'tgan o'yinda hakam tomoniga ishlatgan nomaqul so'zlari uchun chetlatilgandi. Tartib intizom qo'mitasi SHuhrat Rahmonqulovni jarimaga tortdi va ogohlantirdi. Agarda bu holat yana takrorlansa, unda jiddiyroq choralar ko'rilishi takidlandi.

Paxtakor-2 murabbiyi Jasur Abduraimov, 2 o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика