So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  7 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Tarixda shu kun. SHackix maydonga tushmagan, O'zbekistonning 2007 yilgi Osiyo kubogidagi yurishini boshlab bergan Eronga qarshi uchrashuvni yodga olamiz. Yangiliklar

Tarixda shu kun. SHackix maydonga tushmagan, O'zbekistonning 2007 yilgi Osiyo kubogidagi yurishini boshlab bergan Eronga qarshi uchrashuvni yodga olamiz.

Bundan roppa-rosa 13 yil oldin yani 2007 yilning 11 iyul kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi to'rt davlat mezbonligida o'tgan Osiyo kubogidagi yurishini boshlagan edi.

Yuqorida aytganimizdek qita chempionati final raundi Indoneziya, Vetnam, Malayziya va Tailandda tashkillashtiriladi. Terma jamoamiz o'rin olgan guruh o'yinlariga Kuala-Lumpur shahri mezbonlik qiladi. Eron bilan ilk tur uchrashuvida vakillarimiz birinchi bo'lib hisobni ochishlariga qaramasdan, yakunda g'alabani ushlab qolishni uddasidan chiqishmagandi. Darhaqiqat, o'shanda  terma jamoamiz sardori va etakchisi Maksim SHackix diskvalifikaciya tufayli startdagi uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur bo'ladi va ikkinchi tur Malayziya bilan bahsga etib keladi. Hujumchi yuqori sport formasida ekanligi bilinib turardi. SHu boisdan jamoaga qo'shilib ketishi oson kechadi. Forslarga qarshi kechgan bellashuvda Rauf Inileev bir qator yoshlarga imkoniyat beradi. Ular orasida olimpiya terma jamoasi azolari sanalgan Aziz Haydarov, Aziz Ibragimov, Vitaliy Denisovlarga ishonch bildiradi. 

Osiyo kubogi - 2007

Eron 2-1 O'zbekiston

Gollar: J. Husayniy, J. Qozimiyan - R. Rizoiy (a.g.)

O'zbekiston: P. Bugalo, H. Karimov, A. Nikolaev, V. Denisov, P. Salomin (M. Bikmaev), A. Ibragimov, I. Inomov, A. Haydarov (H. Hoshimov), S. Jeparov, T. Kapadze, U. Baqoev (A. Geynrix)

Zahira: B. Qoraev, A. Ismoilov, I. Nesterov, I. Magdiev, G'. Hasanov, I. Akramov, V. Karpenko, A. G'ofurov

Bosh murabbiy: Rauf Inileev.


O'zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabi Rauf Inileev, Mirjalol Qosimov, Mikola SHevchenko va bugungi kunda ham terma jamoada faoliyat olib borayotgan Mirko Yelichich. 


Islom Inomov uchun bu ikkinchi Osiyo kubogi bo'lsa, Pavel Salomin va Aziz Ibragimovlar uchun bu turnir debyut hisoblanardi. 


O'zbekiston milliy terma jamoasining himoya qo'rg'oni Islom Inomov, Vitaliy Denisov, Hayrulla Karimov, Aleksey Nikolaev. 


9-raqamdagi Pavel Salomin o'z vaqtida "Traktor" jamoasida ajoyib o'yinlar ko'rsatardi. 2006 yilgi mavsumda esa 21 ta gol bilan to'purarlar poygasida birinchi bo'lganini yaxshi eslasangiz kerak. 



O'zbekiston milliy terma jamoasining guruh o'yinlarida o'zbekistonlik muxlislar stadionda futbolchilarimizni faol qo'llab-quvvatlab turishgandi. Lekin, chorak final uchrashuvi Jakartaga ko'chirilgani bois o'zbekistonlik muxlislar  yuzaga kelgan ayrim muammolar sabab stadionga kira olmagandi.


O'zbekiston terma jamoasi: 19.Islom Inomov, 1.Pavel Bugalo, 10.Ulug'bek Baqoev, 2.Hayrulla Karimov, 17.Aleksey Nikolaev, 18.Timur Kapadze, 7.Aziz Haydarov, 9.Pavel Solomin, 23.Vitaliy Denisov, 4.Aziz Ibragimov, 8.Server Jeparov.


Marat Bikmaev faoliyati davomida to'rtta Osiyo kubogida ishtirok etgan. 


Eron terma jamoasi o'sha vaqtda ham kuchli edi. Mazkur uchrashuvda Pavel Bugalo darvozasini ishg'ol qilgan Said Jalol Husayniy 2017 yil Toshkentdagi JCH-2018 saralash bosqichidan o'rin olgan uchrashuvda Aleksandr Lobanovni ham ranjitishni uddasidan chiqqandi. 

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика