So’nggi yangiliklar

08:53ЦСКА аргентиналик футболчини сотиб олишга яқин  1 08:22Артём Довбикнинг ҳолати ҳақида маълумот берилди  1 07:47Раньери энди Шомуродов асосий ҳужумчими деган саволга жавоб берди  7 07:23Sofascore. Ҳусанов ва унинг шериклари «Тоттенхэм»га қарши учрашувда қандай баҳо олишди?  6 04:01Пеп Гвардиола "Тоттенхэм"га қарши ўйиндан кейин Ҳусанов ҳақида жуда илиқ фикрлар билдирди  21 03:50Яқиндагина ЕЧЛни тарк этган "Ювентус" энди Италия кубоги билан ҳам хайрлашди  6 03:25Испания кубоги. "Реал Мадрид" ярим финалнинг илк баҳсида "Реал Сосьедад"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди   17 03:20АПЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Ньюкасл"ни мағлуб этди ва жадвалдаги етакчилигини янада мустаҳкамлади  13 02:50АПЛ. "Арсенал" яна очко йўқотди, "Манчестер Юнайтед" иродали ғалаба қайд этди  19 02:30АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйин ўтказди  56 00:17Винисиус илк марта "Реал"ни сардор сифатида майдонга бошлаб тушади  2 22:53Вадим Абрамов Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичидаги қуръа ҳақида ўз фикрини билдирди  7 22:28Саудия Арабистони чемпионати. "Ар Риёд" ва "Ал Файха" ўзаро нурсиз дуранг ўйнашди, Шукуров 90 дақиқа ҳаракат қилди  2 22:11Элдор Шомуродов "Рома"нинг февраль ойидаги энг яхши ўйинчиси бўлишга номзод!  12 21:47Осиё футбол конфедерацияси 2026 йилги аёллар Осиё кубоги саралаш босқичи ўйинларга мезбонлик қиладиган саккиз мамлакатни эълон қилди  0

Taqib kuchaymoqda: A Seriya 32-tur yakunlari Yangiliklar

Taqib kuchaymoqda: A Seriya 32-tur yakunlari

Italiya chempionatining navbatdagi turi ham nihoyasiga etdi.

"Inter" "Verona"dan kuchliroq

"Yuventus" ustidan qozonilgan g'alaba "Inter"ning g'ayratini yanada oshirdi va jamoa o'yinni juda faol boshladi. Dyumfrisning qanotdan oshirgan to'pini qabul qilgan Perishich ajoyib zarba berdi, biroq darvozabon gol bo'lishiga yo'l qo'ymadi. Lateral juda faol o'ynadi. U qanot bo'ylab yugurdi va to'pni jarima maydoniga etkazib berdi. Barella esa raqib darvozasini ishg'ol qildi. "Neradzurri" darhol ikkinchi golini urishi mumkin edi, ammo Montipo to'pni qaytardi. Biroq qator urinishlardan so'ng "Inter" 2-golni urishga erishdi. Burchakdan to'p uzatilgandan so'ng Perishich to'pni yanada oldinroqqa oshirdi, Jeko esa bir zarba bilan to'pni darvozaga joylab qo'ydi. Taym oxirlarida "Verona" ham gol urishga yaqin edi, biroq Simeonening ajoyib zarbasini Xandanovich qaytarishga muvaffaq bo'ldi.

Ikkinchi taym boshida Lasanya uzoqdan kuchli zarba berdi, ammo to'p teparoqdan o'tib ketdi. Bunga javob ustun yonidan o'tib ketgan CHalxanogluning uzoq masofadan bergan zarbasi bo'ldi. Umuman olganda, tanaffusdan keyin vaziyatlar nisbatan kamroq bo'ldi. Ammo asosiysi "Inter" muhim g'alabani qo'lga kiritdi.


"Yuventus" Sardiniyadan g'alaba bilan qaytdi

Albatta, "Inter"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng "keksa sinora" g'olib bo'lishi muhim edi. Biroq o'yin turinliklar xohlagandek boshlanmadi. Marin qanot bo'ylab yugurib, Joao Pedroga pas berdi. "Kalyari" sardori esa imkoniyatdan unumli foydalanib, hisobni ochdi. "Yuventus" darhol bosim qila boshladi, lekin Krano bir necha bor mehmonlarning xavfli zarbalarini qaytardi. Ammo bir vaziyatda Pellegrini ajoyib zarba berdi, biroq takroriy ko'rilgan videodan aniq bo'ldiki, to'p Raboning qo'liga tegib darvozaga kirgan ekan. Natijada gol bekor qilindi. Kuadrado juda faol o'ynadi va taym yakunida u sababli hisob tenglashdi. Uning havodan bergan pasini De Ligt boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.

Ikkinchi taym boshida Dibala havodan yaxshi zarba berdi, ammo to'p darvoza tepasidan o'tib ketdi. "Yuve" mezbonlarning himoya chizig'iga zich joylashib oldi. Yana Kuadrado faol bo'ldi, ammo boshqalar ham qolishmadi. Natijada bosim samara berdi. Dibala bergan pasni Dushan Vlaxovich raqib darvozasiga joylab qo'ydi va golsiz seriyasiga nuqta qo'ydi. "Kalyari" xavfli zonaga yaqin turibdi, "Yuventus" esa etakchilarga yaqinlashib oldi.


"Fiorentina" "Napoli"ni mag'lub etdi

Qizig'i, "Fiorentina" bahsni faollik bilan boshladi. 1-daqiqadagi Biragining zarbasi ancha xavfli chiqdi. "Napoli"ning o'ng qanoti ancha oqsadi va o'sha erdan gol o'tkazib yuborildi. Biragi pas berdi va to'pni qabul qilib olgan Nikolas Gonsales gol urdi. Mario Rui darhol javob qaytarishi mumkin edi, ammo to'p darvoza tepasidan o'tib ketdi. Ammo tanaffusgacha "partenopeylar" unchalik faol o'ynashmadi.

Biroq ikkinchi taym boshida "Napoli" darhol hujumga o'tdi. Osimxen ikki raqibini aldab o'tib, to'pni Mertensga oshirdi, u esa imkoniyatdan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. "Napoli" yana oldinga o'tish o'rniga, qarshi hujumga duch keldi. Gonsales sherigiga pas berdi, Ikone esa uzoq burchakka to'pni joylab qo'ydi. "Napoli" hujumga o'tdi, ammo mehmonlar darvozasi yonida vaziyatlar yarata olmadi. Male uzatgan to'pni Kabral qabul qildi va Dzanolini aldab o'tib, Ospina darvozasini ishg'ol qildi. "Napoli" bo'sh kelmadi, jamoa taym oxirlarida qator vaziyatlar yaratdi va hattoki, gol urishga ham muvaffaq bo'ldi. 84-daqiqada Osimxen gol urdi. Ammo hisobni tenglashtirishning iloji bo'lmadi. Ha, "Fiorentina"ni muhim g'alabasi bilan tabriklasak ham bo'ladi.


"Atalanta" "Sassuolo"ga yutqazdi

Mehmonlarga Evropa Ligasidan keyin oson bo'lmasligi aniq edi. "Sassuolo" o'yinni faolroq boshladi, Raspadorining zarbasidan keyin darvoza "to'qqiz"ligiga ketayotgan to'p golga aylanmasligi uchun Musso astoydil harakat qildi. Bunga "Atalanta" Sapataning uzatmasidan keyin Pashalichning darvoza to'siniga tekkan zarbasi bilan javob qaytardi. Ko'p o'tmay, "Atalanta"ning jarima zarbasi aynan Gasperini shogirdlarining darvozasi tomon uyushtirilgan hujum bilan yakunlandi. Kiryapolous to'pni Traorega tashlab berdi, u esa birinchi harakatda to'pni o'ziga o'nglab, ikkinchisida zarba berdi. Bu bilan Traore to'xtamadi, jarima maydonchasi burchagida raqiblarini aldamchi harakatlar bilan dog'da qoldirgan futbolchining zarbasidan keyin to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi. Bo'lim oxirida Kirikesh burchakdan uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, ammo Musso jamoasi joniga oro kirdi.

Ikkinchi bo'limni har ikki jamoa faol boshladi va xavfli vaziyatlar bilan almashishdi. Ayniqsa, Xamed Traore faolligi bilan ajralib turardi. "Atalanta" hujumga katta kuch bilan o'tishni boshlar ekan, "Sassuolo"da qarshi hujumlar uchun imkoniyat oshardi. SHunday vaziyatlarning birida Defrel qanotdan uzatilgan to'pni darvoza ustuniga yo'lladi. Bergamoliklar faqatgina o'yin so'ngida gol urishni uddalashdi. Muriel himoyachilardan chaqqonroq harakat qildi va darvozabonni ham dog'da qoldirdi. Biroq mag'lubiyatdan qutilib qolish uchun vaqt etmadi.


"Jenoa" "Lacio"ga engildi 

"Grifonlar" bellashuvni faol boshlashdi. Qanotdan kelgan uzatmadan so'ng Ostegord yaxshi zarba yo'lladi, ammo Strakosha pand bermadi. SHundan keyin o'yin tempi keskin tushib ketdi. Faqatgina 30-daqiqaga kelib, Marushich Lukas Leyvaning uzatmasidan keyin raqiblaridan qochib ketdi va darvozabonni yonidan to'pni o'tkaza oldi. CHernogoriyalik keyingi hujumdayoq dubl rasmiylashtirishi mumkin edi, lekin bu safar "grifonlar" posboni pand bermadi. "Burgutlar" straykeri yana bir nechta vaziyatga ega bo'ldi va oxiri niyatiga etdi. Laccarining jarima maydonchasiga yo'llagan to'pini Immobile birgina harakat bilan darvozaga joylab qo'ydi.

Ikkinchi bo'limning birinchi xavfli vaziyatida Luis Albertoning zarbasidan keyin Sirigu ajoyib otilishi evaziga darvozaga kirib ketayotgan to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Ko'p o'tmay, ispaniyalik assistent sifatida faollik ko'rsatdi. U tashlab bergan to'pni CHiro Immobile himoyachilar bilan kurashda ustun kelib, egallab oldi va ikkinchi golini urishga erishdi. SHundan so'ng, "Jenoa" ham biroz jonlandi. Qanotdan uzatilgan to'pni Gabbaron o'z darvozasiga yo'llab qo'ydi. Ammo bu "grifonlar"ga qandaydir umid berdi deb bo'lmaydi. O'yin so'ngida Pedro tovoni bilan Immobilega etkazdi va CHiro o'tkir burchakda bo'lishiga qaramay, Siriguni dog'da qoldirdi. Xet-trik va to'purarlar poygasida sezilarli ustunlik taminlandi.

SHuningdek, "Milan" va "Torino" bahsida hisob ochilmadi, "Roma" "Salernitana"ni mag'lub etdi, "Udineze" "Veneciya" ustidan g'alaba qozondi.


Sergey Rumyancev

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика