Tantashev kecha olgan jarohati tufayli Elit OCHL pley-off uchrashuvida ishlay olmaydi
06 avg 12:22
Yangiliklar
Tantashev kecha olgan jarohati tufayli Elit OCHL pley-off uchrashuvida ishlay olmaydi
Kecha Olimpiada o'yinlarining yarim final bahsida ishlagan hakamimiz Ilgiz Tantashev jarohat olib, maydonni erta tark etdi
U Marokash - Ispaniya uchrashuvining 12-daqiqasida ispaniyalik futbolchi bilan to'qnashib ketdi. SHifokorlar tekshiruvidan so'ng hamyurtimiz bellashuvni davom ettira olmasligi malum bo'ldi va o'z o'rnini zaxira hakamiga bo'shatib berdi. Bahsdan so'ng malum bo'lishicha, Tantashev oyoqning to'piq qismidan jarohat olgan. Allaqachon tiklanish bo'yicha muolajalar boshlab yuborilgan. Tez orada referining qachon maydonga qaytishi haqida ham batafsil malumot beramiz.
Eslatib o'tamiz, yurtdoshimiz 13 avgust kuni Elit CHempionlar Ligasi doirasidagi bellashuvni boshqarib borishi ko'zda tutilgan edi. Jarohat sabab u mazkur bahsni o'tkazib yuboradi.
Ilgiz Tantashevga sog'liq tilab qolamiz!", - deb yozadi O'zFHM matbuot xizmati.
Fikrlar