Tanqidlar girdobida qolib ketayotgan Mudrik "CHelsi"da assistlar soni bo'yicha etakchi bo'lib oldi
15 apr 2023 22:13
Yangiliklar


Tanqidlar girdobida qolib ketayotgan Mudrik "CHelsi"da assistlar soni bo'yicha etakchi bo'lib oldi
"CHelsi" futbolchisi Mixail Mudrik jamoada ushbu mavsumdagi assistlar soni bo'yicha etakchi bo'lib oldi.
Mudrik "Brayton"ga qarshi uchrashuvning 13-daqiqasida hisobni ochgan Konor Gallaxerning goliga assist bo'ldi. Ukrainalik yarim himoyachi ushbu mavsumda APLning 10 o'yinida qatnashib, ikkinchi marta golga hammualliflik qildi.
Hozircha assistlar bo'yicha undan o'tadigani yo'q va 6 futbolchida ikkitadan assist bor, ular: Mark Kukurelya, Meyson Maunt, Rahim Sterling, Tiago Silva, Ben CHiluell va Enco Fernandes.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar