So’nggi yangiliklar

23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  0 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  1 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  0 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  2 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  2 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  24 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  24 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  15

TANISHING: FIFA.uz g'olibi - Ilhom Yakubbekov! Yangiliklar

TANISHING: FIFA.uz g'olibi - Ilhom Yakubbekov!

FIFA.UZda 2014 yilgi oliy ligada eng ko'p ochko to'plab chempion bo'lgan "ilhom 82" jamoasini tuzgan ishtirokchi saytimiz mehmoni bo'ldi.
"G'olib bo'lishimga ishongandim, aslida o'tgan yil ham g'alaba qozonishim mumkin edi, ammo unda u qadar yaxshi tushunmacdim. Qolaversa kech qo'shilgandim. Bu yil esa jiddiy kirishdim. Lekin dastlabki uchta turda birorta xizmat turini yoqtirmasdan o'ynadim. Keyin qarasam, ishim chakki emas. 3ta tur yakuniga ko'ra 20-o'rinda turganligim bois qiziqib ketdim. Yana avvalgi g'olib, Aziz Mirzaning natijasini yaxshiladim. So'nggi turda Jomani emas, rekordni yangilash haqida bosh qotirayotgandim", -deydi FIFA.uz g'olibi.

- G'olib bo'lishingizga sabab bo'lgan asosiy omillarni ayta olasizmi?
- Avvalo "Paxtakor" muxlisi bo'lganim. Ko'pchilik "Lokomotiv"ga ishondi va jamoa ko'p o'yinlarda o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborish bilan birga, bazi o'yinlarda hujumchilari gol ura olmadi. Menda esa mavsum davomida "Paxtakor"dan 4 nafar futbolchi bo'ldi. Jiddiy o'yin bo'lsa himoyachilarni old chiziq vakillariga, o'rtamiyonalarga qarshi esa himoyachilarning xizmatidan foydalandim. Sergeev bilan yutib ketdim deb o'ylayman. Dastlab Igor deyarli gol urmadi, biron-bir jamoa uning xizmatidan foydalanmadi. Menda esa u doimiy turdi va yakunda uning gollari menga asqotdi. 23-tur men uchun juda omadli keldi. Sardor Rashidov sardor, himoyada Miloshevich gol urdi. Sergeev va SHoahmedov, Iskanderovdan pas, Gevorkyandan gol, jami 82 ochko bilan birinchi o'ringa ko'tarilib oldim.

- Joma g'olibi bo'lishga ishonganmidingiz?
- Boshida yo'q, keyin ishona boshladim. FIFA.uz, Nurafshon va Diplomat jamoalaridan orqada qolayotgandim, 23-turda ulardan o'tib ketdim. SHunda ishonib bo'lgan edim. Joma yo'lida ikkinchi o'rinni olgan "Arsenal+liverpul"dan (Jahongir Usmonov) bor yo'g'i 12 ochko ko'p ishladim. Jahongir bilan yoshlikdan do'stman. Evropaga sayohatni yutib olganida xursand bo'lgandim. O'ziyam 8ta jamoasi bilan o'ynaganidan keyin yutadi-da. U bilan Temur Olimxo'jaev qo'l ostida "Paxtakor" maktabida mashg'ulot olib borganmiz.



- Umuman FIFA.uz loyihasi haqida nima deya olasiz?
- Baraka topinglar, shu loyihani amalga oshirib juda yaxshi ish qildinglar. To'g'risi, so'nib borayotgan oliy ligaga qiziqishni juda tor doirada bo'lsa-da oshirdingizlar. Bir narsani tan olaman, ko'plab jamoalar ishtirokidagi natijalarga avvaldan shubha qilishim ham qo'l keldi. Faqat kim gol urishini topsam bo'lgani edi. Avvallari boshqa jamoa natijalarini shunchaki o'yinlardan keyin bilar edik, hozir esa matnli translyaciyani boshidan oxirigacha kuzatib boramiz, boisi qolgan o'yinlarni ham kuzatib bordik.

- Bugungi o'zbek futbolidan qoniqish hosil qilyapsizmi?
- Kechagi kubok finalidagi tashkilotchilik bizning yuzimizni ko'rsatib berdi, keling, o'zi zo'rg'a oliy ligaga bizni qiziqtirib olganingizdan keyin yana ko'nglimni sovutmang...

- Agar birinchi ligada ham FIFA.uz loyihasini yo'lga qo'ysak, qatnasharmidingiz?
- Albatta. Ammo tarkib yig'ish borasida sizlarda muammo bo'ladi. Bazi o'yinlarning natijasi shunchaki yuzaki. Ko'p o'yinlarga boraman, qaydnomada bor futbolchi aslida o'yinda ishtirok etmagan bo'ladi. Birinchi ligada muammolar ko'p, ajab emas, FIFA.uz orqali u erdagi muammolar ham yuzaga chiqib qolsa.

- Siz uchun bu yil qaysi o'yinlar ko'proq yoqdi?
- Kubok finalidan tashqari Toshkent jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan barcha o'yinlar. Afsuski, TVda translyaciya yo'qligi bois, qolgan o'yinlarni kuzata olmadim.

- Oliy liganing eng yaxshi o'yinchilari deb kimlarni ayta olasiz?
- Jamshid Iskanderov, Sardor Rashidov va Kaxi Maxaradze. Yana bir bor aytaman, agar boshqa o'yinlarni ko'rganimda balki, kuchli uchligimda boshqa o'yinchilar ham bo'lardi.

- G'olibni aniqlashga 2 tur qolganida Jomani Kamoliddin Kenjaevga berishingizni aytgan edingiz, bu bilan...

- Kenjaevning o'yinlarini yoshligidan ko'rardim. Juda kuchli himoyachi edi. "Paxtakor"ga ana o'tadi, mana o'tadi deb yurgan paytlari falokatga uchraganini eshitib rosa qayg'urgan edik. Fursatdan foydalanib, Kamoliddinga ko'nglini tushirmasligini so'rayman.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика