So’nggi yangiliklar

01:25Симоне Индзаги "Манчестер Юнайтед"га рад жавобини берди  0 00:55Испания Суперкубоги. "Барселона" биринчи бўлимнинг ўзида "Атлетик"ни янчиб ташлади  26 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  2 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:35АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Брайтон"ни меҳмон қилмоқда, Ҳусанов асосийда (онлайн ҳисоб)  19 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  2 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  3 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16

Tanishing, “Bunyodkor”ning yangi futbolchisi: Bahodir Nasimov Yangiliklar

Tanishing, “Bunyodkor”ning yangi futbolchisi: Bahodir Nasimov

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o'z tarkibiga tajribali hujumchi qo'shib oldi.

Malum vaqt jamoamiz mashg'ulotlarida qatnashib, murabbiylar shtabida iliq taassurot qoldirgan Bahodir Nasimov va klub o'rtasida bitim imzolandi.

Muxlislar yaxshi bilishadiki, Bahodir Samarqand futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U katta futbolga aynan Samarqandning “Dinamo” jamoasi orqali qadam qo'ygan. Bu jamoadagi olti yillik faoliyatidan so'ng Nasimov 2009 yilning boshlarida “Bunyodkor”da paydo bo'ldi. Jamoamiz bilan MDH kubogida ishtirok etib, beshta gol bilan musobaqaning eng yaxshi to'purarlaridan biri bo'ldi. SHundan so'ng unga Qozonning “Rubin” klubi bilan uch yillik shartnoma tuzdi.

Nasimov 2010 yilning yozida Bokuning “Neftchi” jamoasiga o'tdi. U bokuliklar safida uch karra Ozorbayjon chempionligini, ikki bor mamlakat kubogini qo'lga kiritdi. 2011/12 mavsumda esa 16ta goli bilan Ozorbayjon chempionatining eng yaxshi to'purari bo'ldi.

Hujumchi 2014/15 mavsumning birinchi qismini Eronning “Padideh” klubida o'tkazdi.

U O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 20ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 5ta gol urgan.
Bahodir Nasimovning “Bunyodkor”dagi faoliyati muvaffaqiyatli chiqishiga tilakdoshmiz.

BIZNING MA'LUMOT
To'liq ismi:
Nasimov Bahodir Olimjonovich
Tug'ilgan sanasi: 02.05.1987
Tug'ilgan joyi: Samarqand shahri
Ampluasi: Hujumchi
Bo'yi: 184 sm
Vazni: 80 kg

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика