"Tambov" klubi sobiq direktori hibsga olindi, u 10 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
24 noy 2021 19:01
Yangiliklar
"Tambov" klubi sobiq direktori hibsga olindi, u 10 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
Xabarlarga ko'ra, Xudyakov "Tambov" futbol klubiga tegishli mablag'larini o'g'irlash bilan bog'liq bir nechta jinoiy ishda ishtirok etgan. 45 yoshli menejer tergovga olib ketildi.
Aytishlaricha, "Tambov"ning sobiq direktori Olga Konovalova hozir Tambov tergov izolyatorida saqlanayotgan Xudyakovga qarshi ko'rsatma bergan.
Tergov malumotlariga ko'ra, shahar "Tambov" uchun yiliga 1 milliard rublga yaqin mablag' ajratgan, bu mablag'larni esa klub rahbarlari turli noqonuniy yo'llar orqali o'zlashtirgan.
Manbaga ko'ra, Xudyakovga Rossiya Federaciyasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi bo'yicha oltita jinoiy ish ayblovi qo'yiladi va katta ehtimol bilan ehtiyot chorasi sifatida hibsda ushlab qolinadi. Keyinchalik, ish sudga oshiriladi, "Tambov" uchun ajratilgan davlat mablag'larini o'zlashtirgani uchun Xudyakov 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Fikrlar