Tayfun Filippindan Vetnamga qarab "yo'l olgan"
11 noy 2013 16:36
Yangiliklar

Tayfun Filippindan Vetnamga qarab "yo'l olgan"
Bu xabar terma jamoamizning bazi azolarini xavotirga soldi. Yaqinda Filippinda ro'y bergan tabiat fojeasi tufayli 100 mingdan ortiq kishi jabrlandi, o'n minglab insonlar hayotdan ko'z yumdi.
Mamlakat tarixidagi eng katta tabiiy ofatlardan biriga "Xaynyan" nomini berishdi va u hozir Filippindan Vetnamga etib kelishga ulgurdi. Mamlakatning shimolidan 600 mingga yaqin aholi evakuaciya qilindi. Tabiiy ofat 6 nafar vetnamlikning joniga etdi.
Bu xabarlarni TVda ko'rib, internet saytlarida o'qiyotgan futbolchilarimizning bazilarida hadik alomati bor. Ammo sinoptiklar, tabiiy ofat Vetnam poytaxtiga tasir ko'rsatmasligini aytib o'tganlar. Kecha esa Xanoy xalqaro aeraportidagi bir necha reyslar bekor qilingan.

Fikrlar