Tahlil. Ayb kimda? Mourino yoki Gvardiola? "Yunayted" yoki "Siti"?
01 may 2018 21:30
Yangiliklar
Tahlil. Ayb kimda? Mourino yoki Gvardiola? "Yunayted" yoki "Siti"?
"Manchester Yunayted" mavsumni 2-o'rinda yakunlashi 99 foizga aniq. Jamoa shuningdek Angliya kubogi finalida ham o'ynaydi. Mourino klubdagi to'rtinchi sovrinini yutishni istamoqda. Jozening gaplariga ko'ra, MYU hali buyuk va kuchli jamoa. Biroq"Yunayted" "Siti"ning fonida bunday jamoa emas va rivojlanishdan to'xtab qolgandek.
So'nggi yillarda "aka" "ukasi"ning "soya"sida yuribdi. "Old Trafford" egalari biznesda yaxshi ishlamoqda va bir necha yillardan buyon eng ko'p daromadli jamoalardan biri. Biroq shunday bo'lsa ham MYU asosiy raqibidan anchagina ortda qolmoqda: "Siti" esa har doim tartibli va to'g'ri strategiya bilan ishlamoqda, MYU esa Fergi ketganidan keyin yaxshi biznes orqali ham chempionlikni qo'lga kirita olmayapti.
O'YIN KONCEPCIYASI
"Siti"da qanday?
Yangi tayinlanayotgan murabbiylarga har doim rahbariyat javob beradi. SHayxlarda pul ko'p va birdaniga maqsad qo'yildi: kuchli o'yin ko'rsatadigan jamoani tashkil qilish va bunga Pepni jalb etish. Avvaliga boyvachchalar "poyga"da "Bavariya"ga mag'lub bo'lishdi. Kataloniyalikdan mahrum bo'lishganidan keyin, Pellegrinini taklif etishdi. U bilan ishlar avvaliga yaxshi edi, keyinchalik... Manchinidan esa "mashina"ning demo-bo'lagi qoldi.
"Yunayted"da qanday?
MYUda tirgak yo'q, qo'rqinchlisi g'oyalar ham. Bir vaqtlar barchasini rahbariyat emas, Fergi hal qilardi va ish unga bog'lanib qolgandi. Ser Alekssiz esa "Old Trafford"dagi falsafa yo'qoldi: hujum qilish kerakmi, to'pni ushlash yoki himoyalanish?
Fergyusondan keyin "Yunayted"da uchinchi murabbiy faoliyat olib bormoqda, biroq ularning birortasi ham shotlandiyalik afsonaning ishlarini takrorlay olmadi. Moyes uzun paslar orqali jamoani shakllantirishni istadi. Van Gal davrida biror falsafani ko'rmadik, jamoa uch markaziy himoyachi bilan o'ynadi, to'pni ko'p ushlab turgan bo'lsa-da, hujumga o'tmadi. Mourino esa oldingi umid, ishonchni qaytarmoqda.
2013 yildan keyin MYU bir taktikadan, boshqa taktikaga sakramoqda. Yangi bosh murabbiylar esa ananaviy gaplarni aytmoqda: "Jamoani boshqatdan barpo etaman"
Top-murabbiylar jamoada nimalarni ko'rmoqchi ekanligini har doim to'liq tushuntirib berolmaydi. Boshida ularning ishi o'xshamaydi va boshqa bir istefodagi murabbiylarga umid beradi. Vaqt o'tib barchasi yaxshi yo'lga tushib ketadi va uzoq muddat jamoada qoladi. Mourino jamoada avlodlarni o'zgartirmoqda, shunday bo'lsa-da u jamoada kamida uch mavsum ishlashi aniq bo'ldi. Demak, rahbariyat tanlovda adashmagan.
TRANSFERLAR
"Siti"da qanday?
"Manchester Siti" hujumchi narxida uch nafar himoyachi sotib oldi. Qachonki futbolning buyuk jamoalari haqida gapirar ekansan, ularning tarixini o'rganishing kerak", - degandi Mourino bir vaqtlar.
Bu gaplari orqali Jozeni masxara qilishdi. CHunki so'nggi 4 yilda "iblislar" transferlar uchun 700 mln evrodan ortiqroq pul ishlatdi. "Siti" esa transfer uchun ancha mablag' sarflasa ham, kichik puldek ko'rinmoqda. Ikki jamoa ham transferlar oynasida juda faol bo'lmoqda. Biroq xulosa shunday - "Siti" mablag'ni aql bilan ishlatmoqda.
Gvardiola qo'l ostida "Siti" ikki bora transferda adashdi: Nolito va Klaudio Bravo. 35 yoshli darvozabon 20 mln evro, ispaniyalik hujumchi 18 mln evroga transfer qilindi. Biroq ular klub foydasiga ishlay olishmadi.
"Yunayted"da qanday?
"Iblislar"da xatolar nisbatan ko'proq: 42 millionlik Mxitaryan, Marsyal ketishni istaydi, SHnayderlin va Depay (ikkisi uchun 70 mln) yangi jamoasida o'ynamoqda. Di Mariyani-ku gapirmasa ham bo'ladi. SHvanyshtayger esa so'nggi vaqtlarda tarkibda deyarli bo'lmadi. Portugaliyalikning Pogbasi esa mojarolar markazida.
So'nggi 4 mavsumda MYU Matich va Matani transfer qilgani omadli bo'ldi, qisman Lukaku ham. Bu esa o'ta muvaffaqiyatsizlik degani. Jamoa himoyasini Fergi davrining oltin yigitlari Yang, Valensiya, Jons va Smolling ushlab turibdi. Joze esa "Siti" kabi katta mablag'ga himoyachi olib kelishni istamaydi.
BRENDNING RIVOJLANISHI
"Siti"da qanday?
"SHaharliklar" faqatgina britancha yo'l bilan ishlashni istamaydi. "Etixad" egalari butun dunyoga o'z brendlarini tarqatmoqda: "City Football Group" tarkibiga "Nyu-York Siti", Avstraliyaning "Melburn Siti", Yaponiyaning "Yokogama F. Marinos", Ispaniyaning "Jirona" va Urugvayning "Torke" klublari kirdi. Endi esa "Siti" Rossiyaning "Ufa" va Skandinaviya jamoalari bilan hamkorlik qilmoqchi va brendni yanada rivojlantirmoqchi.
"Siti" jamoa brendini yanada rivojlantirish FIFA kibersportlarida ham ishlarni yaxshi yo'lga qo'ygan. "SHaharliklar" sayti esa ayni damda APL jamoalari orasidagi eng yaxshisi. SHak-shubhasiz, "shaharliklar" brendni rivojlantirish borasida "iblislar"dan yuqoriroq o'rinni egallamoqda.
"Yunayted"da qanday?
So'nggi yillarda "Yunayted"ning tizimlari va tashkilotlari tashkiliy ishlarda oldingi faolligini yo'qotgan, xuddi barcha etibor Mourinoga qaratilgandek. MYUning ayollar jamoasi esa klub muxlislar tanqidi tufayli tashkil etilgan. Biroq jamoa unchalik omadli ishtirok etmayapti.
"Yunayted"ning rasmiy sayti esa qandaydir yopiq va oddiyroqdek. SHuningdek, boshqa tildagi talqinlar ham unchalik yaxshi ishlamaydi. "Siti" esa o'z rasmiy saytining ruscha talqinigacha ishlatmoqda. Biroq "Yunayted"ning muxlislari juda ko'p, juda va juda. Ular saytga kirmasa ham sevimli jamoasining libosini qaerdan bo'lsa ham topadi va kiyib yuradi. Balki rahbariyatdagilar shuni inobatga olayotgandir...
Mirjalol Normatov tarjimasi
Fikrlar