Tabares: "Urugvay Salohning jarohatiga qarab o'ynamaydi"
15 iyu 2018 13:55
Yangiliklar
Tabares: "Urugvay Salohning jarohatiga qarab o'ynamaydi"
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares JCH-2018ning 1-turi doirasida Misrga qarshi o'yindan oldingi fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz yaxshi holatdamiz. Dunyodagi barcha uchrashuvlar syurprizlarga to'la. Misr termasini qattiq hurmat qilamiz. Albatta, Misr termasi bizni mag'lub etishi mumkin, biroq biz ham g'oliblik uchun intilamiz.
Saloh haqida nima deya olaman? U jarohatidan tuzalib, o'yinga tushishidan xursandman. Bu uning orzusi edi.
Biz uning holatiga qaramaymiz. Urugvay o'yinga tuzgan rejasini Salohga qarab o'zgartirmaydi. Har doimgi o'yinimizni namoyish qilamiz", - dedi Oskar Tabares.
Fikrlar