So’nggi yangiliklar

08:44"Андижон" охирги маротаба "Хоразм"ни меҳмонда қачон ютган?  0 08:13Гвардиола клублар ўртасидаги ЖЧ олдидан иссиқ ҳақида: "Биз азобланишга тайёр бўлишимиз керак"  1 07:48Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда  4 07:30Факт: "Бухоро" 9 йилдан сўнг Олмалиқда ғалаба қозонди  1 06:57Суперлига. Бугундан 14-турга старт берилади  3 02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисин сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  4 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  3 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  7 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  11 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  3 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  29 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  7

Suyunov: "O'zbekiston Singapur va Yaman kabi jamoalarni qiyinchiliksiz yutishi kerak" Yangiliklar

Suyunov: "O'zbekiston Singapur va Yaman kabi jamoalarni qiyinchiliksiz yutishi kerak"

O'zbekiston terma jamoasi darvozaboni Eldor Suyunov Singapurga qarshi bahsdan (3:1) so'ng o'yin haqida fikr bildirdi.

- Dastlab Singapurga qarshi o'yin haqida fikr bildirsangiz.

- O'zbekiston terma jamoasi Singapur va Yaman kabi jamoalarni qiyinchiliksiz yutishi kerak. Lekin bugun biroz qiyin bo'ldi, chunki Singapur yaxshi o'yin namoyish etdi. Bundan tashqari bu erda namlik darajasi juda yuqori ekan.

- Singapur "Milliy stadioni"dagi atmosfera haqida nima deya olasiz?

- Raqibimizning stadioni chiroyli ekan. Muxlislari ham o'ziga xos. Singapurlik ishqibozlar xuddi evropaliklar kabi qo'shiqlar bilan o'z terma jamoasini qo'llab turdi. Lekin baribir bizning muxlislarga etmaydi.

- O'zbekiston terma jamoasi gol o'tkazib yuborgan vaziyatda nima bo'ldi?

- Birinchi bo'limning so'nggi soniyalari o'tayotgandi. Hammamiz birinchi bo'lim tugadi deb o'ylab, biroz ehtiyotkorlikni yo'qotdik. SHuni natijasida gol qo'yib yubordik. Avvaliga to'pga chiqmoqchi edim, biroq to'pga eta olishim aniq bo'lmagani tufayli darvozada qoldim. Darvozaning narigi burchagi tomon harakat qila boshladim, chunki raqib qaysi burchakka zarba berishini bilmaysiz. Gol urgan futbolchi harakatim yo'nalishiga qarshi zarba berdi, bor kuchim bilan sakradim, biroq to'pga biroz qo'lim etmay qoldi.

Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика