"Surxon"ning golida ofsayd qayd etilishicha yordamchi hakamning qaroriga tayanilgan, VAR'da esa tasvirlar etarli bo'lmagan - Ekspert hakamlar qo'mitasi
10 may 14:00
Yangiliklar


"Surxon"ning golida ofsayd qayd etilishicha yordamchi hakamning qaroriga tayanilgan, VAR'da esa tasvirlar etarli bo'lmagan - Ekspert hakamlar qo'mitasi
Ekspert hakamlar qo'mitasi "Dinamo" – "Surxon" o'yinida faoliyat olib borgan hakamlar faoliyatini tahlil qildi.
Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Dinamo" – "Surxon" uchrashuvining 74-daqiqasida "Surxon"ning hisob tenglashtiruvchi goli ofsayd sabab bekor qilindi. Ushbu vaziyatda yordamchi hakam "Dinamo" himoyachisi bilan to'p uchun kurashgan futbolchi ofsayd holatida ekanini qayd etgan. VAR orqali vaziyat tekshirilganda tasvirlar etarli bo'lmagani va kerakli rakurslar tanlanmagani sababli ofsaydni aniqlashning imkoni bo'lmagan.
O'yindan so'ng har ikki jamoa operatorlari tomonidan olingan texnik tasvirlar orqali ham vaziyatni aniq baholash imkoni bo'lmagan.
Ekspert hakamlar qo'mitasi qaroriga ko'ra, bu vaziyatda yordamchi hakam ko'rsatmasiga tayanib qaror qabul qilingan va u o'zgarishsiz qoldirilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Lõttibozlik!