So’nggi yangiliklar

18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  6 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  1 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  4 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 2:0 (матнли трансляция)  9 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  26 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1

"Mening boshqaruvimda "Surxon" futbolchilari o'sishga erishdi" – Anxel Lopes bilan ochiqchasiga suhbat Yangiliklar

"Mening boshqaruvimda "Surxon" futbolchilari o'sishga erishdi" – Anxel Lopes bilan ochiqchasiga suhbat

"Surxon" sobiq bosh murabbiyi Anxel Lopes bilan o'z yurtiga ketish oldidan suhbat uyushtirdik.

Unda quyidagi mavzular qamrab olindi:


— "Surxon"dan ketish sababi;


— Coca Cola Superligasidagi istefolar;


— Hamidjon Aktamovning kelishi;


— Hakamlarning kimgadir yon bosishi holatlari;


— Legionerlar limitining kamligi;


— O'zbekistonning etakchi jamoalarida o'yin uslubi yo'qligi;


— Top-murabbiy mavjud emasligi.


 Anxel Lopes "Surxon"dan ketdi


Quyida mazkur suhbatni batafsil o'qishingiz mumkin.

- "Surxon"da etarlicha muammolarga yo'liqqan Anxel Lopesning bosh murabbiylikdan ketishi ham kutilgan, ham kutilmagan bo'ldi. Garchi natijalar qoniqarsiz ko'rinish olgan bo'lsa-da, o'yin borasida yaxshi taassurot qoldirayotgandi...

- "Surxon"dagi faoliyatim davomida o'zim uchun katta tajriba orttirdim, deya olaman. Bu erga ilk bor fevral oyida kelgandim. "Surxon" men uchun juda qiyin loyiha edi. CHunki jamoa hali hamon o'z maydonida to'p tepayotgani yo'q. Bundan tashqari, men yangi mavsumga tayyorgarlikning yarmida jamoa boshqaruvini qo'limga oldim. Jamoani o'zim tayyorlaganim yo'q. SHunga qaramay, biz o'z uslubimizni yaratdik va juda yaxshi o'yin ko'rsatdik. Klub rahbarlarining meni istefoga chiqarganini qabul qilishdan boshqa choram qolmadi. Lekin "Surxon" va O'zbekiston haqida ijobiy xotiralarga ega bo'ldim. Kelajakda yurtingizda yana faoliyat olib borish niyatim bor.

- Odatda katta-katta loyihalar, istiqbolli rejalar tuziladi. Biroq klublarimizda bu aksariyat hollarda oxiriga etmaydi. Siz ham bu loyihaning bir qismi edingiz...

- Bitta kuchli loyihani amalga oshirishingiz uchun malum vaqt zarur. 1-2 oyda barcha narsani o'zgartirishning iloji yo'q. Mening boshqaruvimda "Surxon" futbolchilari o'sishga erishdi, deb o'ylayman. Futbolchilar ham buni sezishdi. Bu men uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Futbolchilarning murabbiyga bo'lgan munosabati iliq edi. Hattoki etarlicha o'yin amaliyotga ega bo'lmagan futbolchilar bilan o'zaro ziddiyatga bormadik. Agar futbolda o'sishga erishmoqchi bo'lsangiz, sizga barqarorlik va o'zingizga nisbatan ishonch kerak. O'yin tomonlama yomon to'p tepmadik. Superligada qolishimizga ishonchim komil edi. Jamoamiz o'tgan oyda AGMK, "Nasaf", "Navbahor"ga qarshi o'yinlarda juda yaxshi harakat qildi. Bugundan boshlab "Surxon"da yangi davr boshlanadi.

- "Surxon"dagi sharoitlarni ko'rib evropalik murabbiy sifatida o'zingizni boshqa olamga tushib qolgandek his qildingizmi?

- Men uchun juda qiyin davr edi. Fevral oyida klubga kelganimda jamoa uchun minimum sharoitlar yaratilgandi. Mavsum boshidan boshlab Termizda to'p tepishni talab qildim. Loaqal Toshkentda shug'ullanib, Termizda o'yinlarimizni o'tkazishimizni istardim. Buni ko'p bor klub mutasaddilariga aytdim, chunki muxlislar daldasi juda zarur va kerakli omil sanaladi. Stadionda tamirlash ishlari olib borilayotgani uchun buning imkoni bo'lmadi. 

Statistikaga etibor berganda, jamoa o'tgan mavsum 25 ochko to'plagan. SHundan 20 ochko uydagi bahslarda qo'lga kiritilganini ko'rish mumkin. Faqatgina 5 ochko safarda ishlangan. Joriy mavsumda barcha o'yinlarimizni safarda o'tkazganimizni unutmaslik lozim. Bunday holat kamtargina "Surxon" uchun qiyinchilik tug'dirishi tabiiy.

- Istefoga faqat qoniqarsiz natijalar sabab bo'ldimi?

- Mening klubdan ketishim faqat natijaga bog'liq. Mavsumning dastlabki qismida 13 ochko to'pladik. Ikkinchi davrada ham kamida shu ko'rsatkichni qayd etishimizga ko'zim etardi. Ammo klub rahbarlari sabr qilishmadi. Ular faqat natijaga qarashdi, ko'rsatayotgan o'yinimizga emas.

- Bu bilan klub rahbariyati sizga nisbatan adolatsiz qaror qabul qildi, deb o'ylaysizmi?

- Albatta, adolatdan emasdi. Yuqorida aytganimdek, ko'rsatayotgan o'yinimizni ko'pchilik iliq baholamoqda. Jamoaning tarkibini men tanlamadim. Umuman sharoit yo'q edi. Gapirishda davom etsam, gap ko'p. Bizning oxirgi 3 ta o'yindagi natijalarimizga qarab ishdan bo'shatishdi. To'g'ri, biz mag'lub bo'ldik. O'zbekiston Kubogida "Nasaf"ga qarshi bahsda raqibdan yaxshi o'yin ko'rsatdik. "Navbahor"ga etarlicha muammo tug'dira oldik. AGMKga qarshi o'yinda raqib tarkibidagi futbolchilar bir bosh ustunligiga qaramay, biz etarlicha bosh og'riq bo'ldik. Men jamoa o'yinidan qoniqdim. Natijaga etibor bermadim. "Olimpik" bilan o'yinda ketma-ket 2 ta qizil kartochka, penaltiga qaramay, o'z uslubimizdan chekinganimiz yo'q. Murabbiy sifatida o'yinni doim tahlil qilaman. Klub mutasaddillari esa faqat natijani tahlil qilishdi. Hattoki mavsumning birinchi o'yinidan bir kun avval bizda formamiz yo'q edi.

- Hamidjon Aktamovning kelishi haqida...

- Uni bilmayman. Men uni faqat 2-3 kun ko'rdim. Murabbiylik qilgan paytim hamma qarorlarni o'zim qabul qilardim. Kimdir rejalarimga aralashishiga yo'l qo'ymasdim.

- Jamoalarda bir yilda 3-4 marta murabbiy o'zgarmoqda...

- Stabillik bo'lmasa, o'sishga erishish qiyin. Agar bitta loyihani boshlasangiz, natija kelishiga ishonishingiz kerak. 1-2 ta mag'lubiyat yoki g'alabaga qarab, bunga baho bersangiz, albatta rejalaringiz o'xshamaydi. Bundan tashqari, siz o'zingiz olib kelgan murabbiyga ishonasizmi yoki yo'qmi, bu ham hal qiladi. Bu – futbol. Baxtga qarshi ko'p jamoalarda qiyin pallada murabbiyga ishonishda sabr etishmaydi. G'alabami yoki mag'lubiyatmi, men uchun muhim emas. Odamiylik va professionallik jihatdan klub bizga ishonadimi yoki yo'qmi, shu muhim.

- SHaroit yo'qligi bilgansiz. Klub qanday vadalar bergandi?

- Bizda juda katta muammolar bor edi. Stadion, klub qarorgohi va hokazo. Mashg'ulot uchun ko'p bor stadion o'zgatirishimizga to'g'ri keldi. Toshkent bo'ylab biz 4-5 marta mashg'ulot maydonlarini o'zgartirdik. Toshkent bizning uyimiz emas. O'yinlarimiz va mashg'ulotlarimiz uchun stadionlarni ijaraga oldik. SHunga qaramay, mavjud qiyinchiliklarga qarshi kurashishga tayyorlangandim. Har safar jamoamga qaraganimda futbolchilar menga ishonardi, qo'llab-quvvatlardi. Mening ko'rsatmalarimni so'zsiz amalga oshirishgani uchun o'zimda ishonch oshib borayotgandi.

- O'zbekistonda hakamlarning qaysidir jamoaga yon bosishi kabi holatlarni sezmadingizmi?

-  Agar o'zbek futbolida sog'lom raqobat yuzaga kelmasa, futbol hech qachon rivojlanmaydi. Xalqaro maydonga o'z tasirini o'tkazadi. Hakamlarni davlat miqyosida tekshirish kerak.  O'zbekistonda mentalitetni tushunish qiyin bo'ldi. Osiyo davlatlaridan BAA va Xitoyda ishlaganman. Futbolchilarning yashash tarzi, ruhiyatini tushunib olishga vaqt kerak bo'ldi. O'zbekistonda 7 oydan beri istiqomat qilmoqdaman.

- "Surxon"ning ertasini qanday ko'rmoqdasiz?

- Ular nima qilmoqchi ekanligini bilmayman. Nimalarni o'zgartirmoqchi, keyingi murabbiy kimligini bilmayman. SHunchaki bu klubdagi faoliyatimni yakunladim. "Surxon" doim qalbimda qoladi. O'zbekistonda futbol albatta rivojlanadi. O'zbekiston terma jamoasi Osiyoda eng zo'rlaridan biri bo'lishi shubhasiz. Bundan tashqari, chempionatingiz sog'lom muhitga boy tarzda o'tadi.

- Termizliklar sizga ikkinchi bor taklif bilan chiqishsa, qanday munosabatda bo'lasiz?

- Bu ular menga qanday taklif berishiga bog'liq. Etarlicha vaqt beradimi yoki yo'qmi? "Surxon"da ishlash ajoyib bo'ldi. Bu klubdagi faoliyatim oxirigacha muxlislar daldasini his qilib turdim.

- O'zbek klublari ichida o'zining aniq uslubi va o'yin falsafasiga ega jamoani ko'rsata olasizmi?

- Men klublar ichidan "Nasaf"ni ko'rsataman. Ular boshqacha o'yin namoyish qilishadi. "Nasaf"da barcha sharoitlar bor. Jamoa o'yinini darvozabondan boshlaydi. Qolgan jamoalarni ko'rib xayron qoldim, chunki top-klublarda ham aniq uslub yo'q. AGMK, "Navbahor"ga o'xshagan jamoalar bitta gol urib, himoyaga yotib oladi. Keyingi gol haqida o'ylamaydi. Ularda "A" yoki "B" emas, faqat bitta reja bor. Futbolda jamoaning zaxira rejalari ham bo'lishi kerak. O'yindan kelib chiqib murabbiy jamoa o'yinini o'zgartira olishi darkor. O'ylashimcha, bu erdagi futbolchilarning darajasi yuqori. Murabbiylar haqida esa bunday deya olmayman.

- Boshqa klubda ish boshlagan taqdiringizda, uslubingizni saqlab qolasizmi?

- Men o'z uslubimga ega murabbiyman. Menga ko'proq o'yinni boshqarish, to'p bilan, tajovuzkor, hujumkor futbol ko'rsatish yoqadi. Himoyaga yotib olmayman.

- O'zbekiston terma jamoasining azaliy orzusi – Jahon chempionatiga chiqish. Sizningcha, dastlab rivojlanish muhimmi yoki to'g'ridan-to'g'ri mundial yo'llanmasini maqsad qilish?

- O'zbek futbolchilarining xalqaro tajribasi kengayishi zarur. Mahalliy futbolchilar ko'proq xorijda to'p tepishsin. Yaxshi saviyadagi chet ellik futbolchilar chempionatingizda o'ynashi lozim. Mahalliy futbolchilarning darajasi oshadi. Futbol – bu jamoaviy sport turi. Agar sizning jamoadoshlaringiz kuchli bo'lsa, siz ham o'sishga erishasiz. 

Hozirgi kunda o'zbek futbolida "4+1" limiti bor. Buni 7-8 tagacha ko'tarish o'ylab ko'rilsa, yomon bo'lmasdi. Buning natijasida mahalliy futbolchilar katta o'sishga erishadilar. Mazkur jihat o'sishning eng asosiy faktori. Ispan futbolini 1990 yildan beri bilaman. O'sha paytlar faqat 3 ta futbolchiga ruxsat bor edi. Buning natijasida Ispaniya terma jamoasi past natijalar ko'rsatdi. Bu limit olinishi natijasida Ispaniya terma jamoasi ancha yuqoriladi, Jahon, Evropa chempionatlarida g'olib chiqdi. 

Xitoyda ishlaganimda 3 nafar legionerdan foydalanish imkoni berilgandi, keyin bu 2 taga tushdi. Ular bu harakati bilan mahalliy futbolchilarning darajasini keskin tushirib yuborishdi. Yurtingizda top-futbolchilar ko'p. Jahon chempionatiga chiqa olmaslik yaxshi futbolchilar yo'qligida emas, associaciya tomonidan to'g'ri ish olib borilmaganida.

- Kelajakdagi rejalaringiz...

- Men yangi chaqiruvlarga tayyorman. Agar O'zbekistonda boshqa klubda faoliyatimni davom ettirsam ajoyib bo'lardi. Bu erning mentalitetini bilaman. CHempionat, raqiblardan xabardorman. Qaysidir manoda bu er menga begona yurt hisoblanmaydi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Uchqun Azimov tarjimasi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика