"Barselona" "Borussiya" himoyachisi uchun yanvarda 40 million evro to'lashga tayyor

Khoja
10 noya 2025, 10:23
"Barselona" qishki transfer oynasida himoyasini kuchaytirmoqchi.

Kataloniya klubi Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Niko Shlotterbekni maqsad qilgan. "Barselona" murabbiyning fikricha, 25 yoshli Shlotterbekni jamoa himoya uslubiga mos futbolchi deb hisoblamoqda. Sport.es xabariga ko'ra, "Barselona" yanvar oyida Shlotterbek uchun 40 million evro to'lashga tayyor.

Joriy mavsumda Shlotterbek klubda 10 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Sport.es