"Qizilqum" Dilshod Komilovga o'rinbosarlar jamoasi mashg'ulotlarida qatnashishga ruxsat berdi
10 noy 2025 15:00
Yangiliklar
"Qizilqum" Dilshod Komilovga o'rinbosarlar jamoasi mashg'ulotlarida qatnashishga ruxsat berdi
Shundan so'ng klub rahbariyati futbolchi bilan mehnat shartnomasini bir tomonlama bekor qilgandi. Kuni kecha jamoa rahbariyati va murabbiylar shtabi yig'ilish o'tkazib, futbolchini "Qizilqum" yoshlar jamoasi tarkibida mashg'ulotlarda qatnashishi uchun ruxsat berdi.
Bundan tashqari, Dilshod Komilov klub bazasiga tashrif buyurib, o'sha holat yuzasidan tushuntirish berdi:
"Superliga 21-turi doirasida "Qo'qon-1912"ga qarshi bellashuvning 60-daqiqasida meni bosh murabbiy Akmal Rustamov zaxiraga olmoqchi bo'ldilar. Ammo men bu qarorni to'laqonli tushunmaganligim uchun jamoaga uchrashuvda to'liq yordam berish maqsadida maydonnni tark etmadim. Shundan keyin bu holat muxlislar va mutaxassislar o'rtasida keng mulohazalarga sabab bo'ldi.
Ushbu qarorim uchun men "Qizilqum" jamoasi rahbariyati va muxlislari, qolaversa, jamoa bosh murabbiyi Akmal Rustamovdan uzr so'rayman. Tushunmovchilik va vaziyatga noprofessionallarcha yondashganligim rost. Ayni paytda klub rahbariyati va bosh murabbiy bilan kelishib oldim va hozirda hammasi yaxshi. Men mavsum so'ngiga qadar "Qizilqum" jamoasi sharafini himoya qilishga tayyorman".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar