"Surxon" va "Navbahor" uchrashuvi Toshkentga ko'chirilishi mumkin
16 iyu 2020 15:04
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/581653_original.jpg)
![](/upload/storage/581653_220.jpg)
"Surxon" va "Navbahor" uchrashuvi Toshkentga ko'chirilishi mumkin
"Surxon" jamoasi Toshkentda mashg'ulotlarni davom ettirayotganidan xabaringiz bor. Rejaga ko'ra ular navbatdagi turni o'z maydonlarida o'tkazishlari kerak edi.
Lekin "Navbahor" rahbariyati o'yinni Toshkentga ko'chirish bo'yicha taklif bilan chiqdi. Yani, transportlar harakati va blok-postlar bilan bog'liq muammolar yuzaga kelishi ehtimoli mavjudligi sabab, bir qator muammolar yugaza kelishi mumkinligi aytildi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, har ikkala tomon o'yinni Toshkentga ko'chirish bo'yicha O'zPFLga xat bilan chiqishdi. O'zPFL vaziyatni o'rganib chiqib, o'yinni ko'chirish yoki ko'chirmaslik bo'yicha yakuniy hulosasini beradi.
Hozircha uchrashuv qaysi sanada va qaysi maydonda o'tkazilishi nomalum.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar