"Surxon" legioneri bilan xayrlashdi
28 iyu 2022 16:31
Yangiliklar
Ushbu mavsumning birinchi qismini "Surxon" tarkibida o'tkazgan hujumchi bilan ikki tomonning roziligiga ko'ra, shartnoma bekor qilindi.
- Bugun o'zaro kelishuvga ko'ra, shartnomani bekor qildik. "Surxon" futbol klubidan minnatdorman, klubning keyingi faoliyatiga omad tilayman. Ayni damda erkin agent maqomidaman. Biroq boshqa klub bilan muzokaralar davom etmoqda. Yaqin vaqtlar ichida barchasi aniq bo'ladi va yangi jamoamni malum qilaman.
- Yangi jamoangizni malum qila olasizmi?
- Hozircha yo'q. Oldimda bir nechta variantlar bor. Biror qarorga kelganimcha yo'q. SHu sababli aniq bir gap ham ayta olmayman
- "Surxon" bilan shartnoma qachon yakunlanishi kerak edi?
- SHartnoma bir mavsumga mo'ljallangandi. Ayni damda Toshkentdaman. Muzokaralar davom etyapti. Menga O'zbekiston juda ham yoqdi. CHempionat ham kuchli ekan. Bu erda faoliyatimni davom ettirishdan xursand bo'laman, - dedi Markovich
Fikrlar