So’nggi yangiliklar

08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  1 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  8 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3

"Surxon" FK: "Futbolchilarga 3 oylik maoshlar to'langan. Vahimaga o'rin yo'q. Xomyakov bilan uzoq vaqt davomida muzokara olib borildi" Yangiliklar

"Surxon" FK: "Futbolchilarga 3 oylik maoshlar to'langan. Vahimaga o'rin yo'q. Xomyakov bilan uzoq vaqt davomida muzokara olib borildi"

Bugun championat.asia sayti orqali "Surxon"dagi ichki muhit, qarzdorliklar, bir kun ishlagan Xomyakov", - serbiyalik futbol agentidan sensacion iqrorliklar" sarlavhali intervyu elon qilindi.

Ushbu intervyu elon qilingach,  muxlis va mutaxassislar tomonidan turlicha fikrlar bildirildi. 

"Surxon"dagi ichki muhit, qarzdorliklar, bir kun ishlagan Xomyakov", - serbiyalik futbol agentidan sensacion iqrorliklar         

"Surxon" futbol klubi esa ushbu malumotlarga nisbatan quyidagilarni malum qiladi:

- "Surxon" futbol klubida to'p surayotgan Serbiyalik legionerlar Darko Stanoevich va Vladimir Bubanyalar bilan 2019 yili to'liq (100%) hisob-kitob qilgan va ushbu futbolchilarning shartnomasi 2019 yilning 30 noyabr kuni o'z nihoyasiga etgan va futbolchilar erkin agent maqomiga ega bo'lishgan. (Saytda chiqarilgan malumotda esa shartnoma uzaytirilgan deyilgan);

- 2020 yilda ham "Surxon" futbol klubi ushbu ikki legionerga jamoa bilan yangi shartnoma tuzishni taklif qilgan. Muzokaralar ijobiy yakun topgach, futbolchilar bilan yanvar oyining so'ngi kunlarida yangi shartnoma imzolangan;

- Futbolchilar Darko Stanoevich va Vladimir Bubanyalar joriy yilning 24 yanvar kuni Toshkent shahriga etib kelgan va 26 yanvardan "Surxon" futbol klubi mashg'ulotlarida ishtirok etishni boshlagan;

- "Surxon" futbol klubi ushbu futbolchilarga 3 oylik ish haqini bergan. Oylik ish haqi to'langanligi to'g'risidagi malumot futbolchilarga klub hisobchisi tomonidan taqdim etilgan;

- Yurtimizda joriy yilning 16 mart sanasidan "karantin choralari" kuchaytirilgan va O'zbekistonda futbol musobaqalari vaqtinchalik to'xtatilgan;

- 16 martdan 1 iyunga qadar klub hodimlari faoliyat yuritmagan (jumladan klub buxgalteriyasi ham);

- Karantin paytida (aprel va may) oylarida ushbu futbolchilardan oylik ish haqi qisqartirilishi so'ralgan lekin ushbu futbolchilar rad javobini berishgan. (Vaholanki butun dunyoda futbolchilar o'zlari oylik ish haqilarini qisqartirilishiga rozi bo'lgan, bizda esa uning aksi). Lekin shunga qaramasdan qisman bo'lsada oylik ish haqilari berib borilgan. Nima bo'lgan taqdirda ham futbolchi o'z ishiga professionalarcha yondashishi kerak.

"Surxon" futbol klubi yaqin kunlar ichida ushbu futbolchilarning oylik maoshi to'liq hisob-kitob qilinishini va vahimaga o'rin yo'qligini malum qiladi.

SHuningdek, klub Xomyakov borasida ham quyidagilarni qo'shimcha qiladi:


Aleksandr Xomyakov va "Surxon" futbol klubi uzoq vaqt davomida o'zaro muzokaralar olib bordi. Lekin yakunda ikki tomon o'zaro moliyaviy tomonlari kelisha olmadi. O'zPFL tomonidan ishlab chiqilgan Reglamentga ko'ra futbolchi yoki murabbiy O'zbekiston Professional futbol ligasidan tasdiqdan o'tmagunga qadar, shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi. Vaholanki, murabbiy bilan hech qanaqa shartnoma ham imzolanmagan va ushbu murabbiy klubda faoliyat yuritmagan!

"Surxon" futbol klubi ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqarilayotgan turli hil malumotlarga ishonmasliklarini so'raydi", - deb yozadi "Surxon" klubi matbuot xizmati. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика