Suriya safida Osiyoning eng yaxshi futbolchisi Toshkentga kelmadi

Narzulla Saydullayev
5 sen 2018, 20:19
Ertaga O'zbekiston terma jamoasi Suriya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Bugun ikkala jamoa o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni o'tkazishdi. Suriya terma jamoasi "Bunyodkor" akademiyasi maydonida shug'ullandi. Ma'lum bo'lishicha, terma jamoa asosiy hujumchisi Omar Xarbin Toshkentga kelmagan.

"Al Hilol" sharafini himoya qilayotgan 1994 yilda tug'ilgan hujumchi 2017 yil Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi. U terma jamoa safida 36ta o'yin o'tkazib, 16ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia