So’nggi yangiliklar

19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  0 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  0 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  3 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  2 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  5 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  8 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  2 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2

Suriya - O'zbekiston "Instat" tahlilida Yangiliklar

Suriya - O'zbekiston "Instat" tahlilida

Jahon futbolida etakchilik qilayotgan "Instat" tashkiloti Suriya - O'zbekiston milliy terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan uchrashuv tahlilini saytimizga taqdim etdi.

Rossiyaning mazkur kompaniyasi har bir o'yinni chuqur tahlil qilib uni federaciyalarga taqdim etadi.

Demak, Suriya - O'zbekiston milliy terma jamoalari o'rtasidagi bahs malumotlari quyidagicha ko'rinish olgan.

Dastavval qisqa statistik malumotni etiboringizga taqdim etamiz.

90 DAQIQA ICHIDA              

Suriya

O'zbekiston

Gol

1

0

Zarbalar

15

10

Darvozaga

3

2

Sariq

4

2

Ofsayd

4

4

Darvozabonlar seyvi

0

1

Aut

27

31

Burchak zarbasi

3

4

TTH

782/560 (foydali)

830/594 (foydali)

Yakka kurash

185/97 (foydali) 52%      

185/88 (foydali) 48%

Hujum qilish tezligi

16.54

17.4

Aniq to'p uzatish tezligi

12.1

14.72


Ko'rib turganingizdek, texnik, taktik harakat (TTH) bo'yicha raqibdan ustunlik qilganmiz. O'yindagi tezkorlik ham O'zbekiston milliy terma jamoasi foydasiga, hujum qilish tezligi ham. Faqat golni biz emas raqiblarimiz urishdi. 

Ammo yakka kurashlardagi ustunlik Suriya terma jamoasining foydasiga.

Statistika hujumlarning soni bo'yicha ham O'zbekistonni ustunligini ko'rsatadi. Ammo hujum qila turib yakunlovchi zarbani berish borasidagi ustunlik raqib foydasiga. 


HUJUM                                    

Suriya           

O'zbekiston

Hujumlar

95

107

Tezkor hujum

16

20

Pozicion hujum

69

74

Standartdan

10

13

CHap qanotdan

29

38

Markazdan

23

22

O'ng qanotdan

33

34

YAKUNLOVCHI HUJUM

Suriya

O'zbekiston

Hujumlar zarba bilan

13

10

Tezkor hujum

1

0

Pozicion hujum

8

5

Standartdan

4

6

CHap qanotdan

5

3

Markazdan

2

2

O'ng qanotdan

2

0


Suriya terma jamoasi Malayziyada biznikilardan avval borib havoga moslashganliklari ularga qo'l keldi. Kechagi mag'lubiyatga havoni bahona qilmaymiz, ammo biznikilarni o'yin oxirida xolsizlanishiga sabab ham shu aslida (murabbiyning taktikasidan tashqari).


0-15 daqiqa                                                       

15-30 daqiqa  

30-45 daqiqa  

45-60 daqiqa  

60-75 daqiqa  

75-90 daqiqa  

45-55

43-57

50-50

50-50

67-33

51-49

51-49 Suriya terma jamoasi foydasiga


O'zbekiston milliy terma jamoasi 30-daqiqagacha to'p bilan nazorat qilishda ustunlikka erishgan. 60-daqiqadan keyin Suriya katta farq bilan oldinga o'tib ketgan, 67-33. So'nggi 15-daqiqada farq katta bo'lmagan. O'yinni to'liq hisobidagi foizlar ko'rsatgichi 51-49%, ustunlik Suriyada. 60-75 daqiqa oralig'idagi o'yin tempi oliy ligamizning o'zginasi.

"Instat Index" bo'yicha Suriyaning 9 nafar futbolchisi TTH bo'yicha 200talik ko'rsatgichidan o'tgan. O'zbekistondan bor yo'g'i uch nafar futbolchi shunday ko'rsatgichga erishdi.


Futbolchi                 

Instat Index      

Futbolchi            

Instat Index     

Alma

231

Lobanov

228

Al Ajan

239

To'xtaxo'jaev

192

Al Solih

206

Ismoilov

209

Al Midani

217

Krimec

197

Jenyat

225

Xoshimov

190

Al Mobayed

237

Haydarov

213

Xoj Muhammad

190

Ahmedov

197

Yusuf

221

Masharipov

180

Al Mavas

195

Bikmaev

199

Mardikyan

199

Abduxoliqov

193

Xarbin

240

Jeparov

198

Al Nakdali

198

SHomurodov

177

Al Jafal

182

Sergeev

197

Al Xatib

207

Geynrix

161


O'zaro to'p uzatishlar soni ham avvalgi o'yinlarga nisbatan ko'p "brak" bo'lganini ko'rsatadi. Ahmedov va Haydarov o'rtasidagi bog'liqlikni inobatga olmasa, qolgan o'yinchilar maydonda bir-birlarini yaxshi tushunmaganliklarini ko'rasiz.


Statistika shuni ko'rsatayaptiki, terma jamoamizning eng ojiz nuqtasi, bu o'ng qanot yarim himoyasi. Bu qanotda o'ynashi kerak bo'lgan Marat Bikmaev o'rtaga o'tib ketavergan. 


Suriyada esa bunday muammo kuzatilmagan. Ularda barcha futbolchilar o'zlariga berilgan vazifani to'liq ado eta olganlar.


Reyting: -182   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика