So’nggi yangiliklar

14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  1 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  3 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  0 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  55 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  4 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  3 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  10 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали сондан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  14 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  9

Superliganing yangi mavsumi 3 mart sanasidan start oladi - PFL Yangiliklar

Superliganing yangi mavsumi 3 mart sanasidan start oladi - PFL

O'zPFL Ijroqo'mi yig'ilishida 2023 yilgi mavsum taqvimi loyihasi ham ko'rib chiqildi.

Unga ko'ra, Superliganing yangi mavsumi 3 mart sanasidan etiboran start oladi.

Loyiha O'FA terma jamoalar bo'limiga taqdim etilgan. FIFA kunlari, xalqaro musobaqalar inobatga olingan. O'zPFL taqvim loyihasini shu yilning may oyidayoq ishlab chiqqandi. Ammo shundan keyin OFK o'z rejalariga qator o'zgartirishlar kiritdi. Xabaringiz bor, tashkilot klublar musobaqasini kuz-bahor tizimiga o'tkazish arafasida turibdi. Qolaversa, 2023 yilgi Osiyo Kubogi mezboni, buning natijasida esa katta ehtimol bilan musobaqa sanalari ham o'zgardi. Eng so'nggi o'zgarishni OFK dekabrning ikkinchi dekadasida tasdiqladi. Bungacha "Nasaf"ning CHempionlar Ligasidagi navbatdagi uchrashuvi 3 fevralda o'tishi kerak edi. Yangi rejaga ko'ra, Qarshi klubi ilk uchrashuvini 19 fevralda o'tkazadi. Tabiiyki, O'zPFL rejalari ham o'zgardi. Taqvim loyihasini mana shu havola orqali ochib, matnning qolgan qismini o'qishda davom etishingiz mumkin.

"Nasaf" Qatar mezbonlik qiladigan markazlashgan pley-off o'yinlarida muvaffaqiyatli qatnashsa, so'nggi uchrashuvni 26 fevral kuni o'tkazadi. SHu hamda boshqa masalalar inobatga olinib, chempionatning 3 martdan etiboran start olishi masalasi kelishildi. Qiziq tarafi shundaki, 2023 yilgi murakkab holatdan kelib chiqib, O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi faqatgina Superliganing 2-turidan keyin bo'lib o'tadi. Boisi Superkubok uchun kurashda ham "Nasaf" bor. U-20 Osiyo chempionati hamda mart oyidagi FIFA kunlari shunday qaror qabul qilinishiga olib keldi. Mavsumni Superkubok bilan boshlash va qolgan 12 ta klub ilk turni keyinroq o'tkazishi esa tig'iz taqvimga biroz mos kelmadi. 

2023 yildan boshlab Superliganing barcha turida shanba va yakshanba kunlari o'yinlar bo'lib o'tadi. O'zPFL mart-aprelm hamda oktyabr-noyabr oylarida yakshanba kungi bellashuvlarni 13:00 dan etiboran boshlaydi va o'yinlar kechgacha davom etadi. Muxlislar tashrifi hamda terma jamoa manfaatlaridan kelib chiqib, o'yinlarning shanba yoki yakshanbaga to'g'ri kelishi masalasi oydinlashadi.

Kubok bellashuvlari hafta o'rtalariga to'g'ri keladi. Final 29 oktyabrga rejalashtirilgan. Iqtisodiy imkoniyatlar, jamoalar rejalaridan kelib chiqib, kuz faslidagi 3 ta FIFA kunlari davomida Liga Rubogi uchrashuvlari o'tkazilishi mumkin. Mazkur musobaqa qo'shni mamlakatlar asosiy ligalari jamoalari uchun ochiq bo'ladi. Bu boradagi aniq reja keyinroq elon qilinadi.

Taqvim shakllantirishda 4 ta klubning CHempionlar Ligasida ishtirok etishi masalasi ham inobatga olingan. Musobaqada muammolarsiz qatnashish uchun har to'rt klub kelasi yilning iyun oyida OFK licenziyasiga ega chiqishi shart hisoblanadi. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика