So’nggi yangiliklar

15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  0 14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  1 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   1 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  4 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  4 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  1 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2 11:19"Навбаҳор" Санжар Қувватов билан шартнома имзолади   9 10:45Ўзбекистон терма жамоаси собиқ футболчиси «Навбаҳор»да  16 10:12«Манчестер Юнайтед» «Олтин тўп»га даъвогар футболчига умумий ҳисобда 450 миллион евро сарфламоқчи  8 09:38Ла лига тўпурари фаолиятини Мадрид жамоасида давом эттиради  4 09:09«Пахтакор» ҳимоячини «Қўқон-1912» жамоасига ижарага берди  1 08:40«Арсенал» 50 миллионлик трансферни амалга оширишга яқин  3 08:09Биринчи даврани «Навбаҳор»да ўтказган яна бир футболчи «Металлург»га ўтишга яқин  19

Superligada istefo qaysi jamoada bo'lsa ham, nomzod tayyor. Siz uni yaxshi bilasiz... Yangiliklar

Superligada istefo qaysi jamoada bo'lsa ham, nomzod tayyor. Siz uni yaxshi bilasiz...

Teglar :  Mirko Yelichich
Katta ehtimol bilan 7-turdan so'ng Superliga klublarining birida istefo yuz berishi mumkin.

CHunki voqelar rivoji shunga qarab ketyapti. Aynan qaysi jamoada ekanligi qorong'u. Lekin murabbiy almashish ehtimoli 60/40. Agarda g'alaba qozonilgan taqdirda murabbiylar o'rinlarida qoladi. Biroq ularga ishonch avvalgidek bo'lmasligi tabiiy. Klub rahbarlari, ko'proq sport direktorlari (agar bo'lsa) hozirdan bu borada boshqotirishlari talab qilinadi. Ertaga nima ro'y berishini bilmaymiz. Pichoq suyakka qadalganda harakat qilgandan foyda yo'q. Har ehtimolga qarshi zaxira varianti tayyor turishi kerak. Men bu borada o'z tavsiyam bilan o'rtoqlashmoqchiman. Ayni vaziyatda mahalliy murabbiylarimiz kutilganidek natija bermayapti. Bu bilan erga urish fikridan yiroqman. Xorijlik mutaxassislar ichida eng maqbul variant barchaga tanish bo'lgan Mirko Yelichich. Quyida uning qiziqarli hayoti va klublarimizga zarur jihati haqida to'xtalib o'taman. 


1996 yilning 5 may kuni Mirko odatdagidek uyg'ondi. Motociklda port atrofini aylanishni xush ko'rardi. Ammo u shahar chetidagi burilishli ko'chalar va tor aylanma yo'llardan ketayotib motociklni qarshisidan chiqqan mashina urib yubordi. SHu lahzada uning futbolchilik faoliyatiga nuqta qo'yildi. 

SHifokorlar menga: "Siz hech qachon yura olmaysiz. SHuning uchun kamroq faol harakat qilganingiz maqul",- dedi. "Agar bu hodisa sodir bo'lmaganida men bugungidek natijaga erishmagan bo'lardim. Men o'zimda ko'plab reabilitaciya ishlarini qildim. Muvaffaqiyatim esa shifokorlarning mantig'ini yo'qqa chiqardi. SHunga qaramay to'liq yuz foiz harakatchan emasman. Kundalik og'riqlar bilan kurashishni endi o'rgandim",- deydi mutaxassis. 

32 yoshida og'ir jarohat olgan Yelichich fizioterapiya bo'yicha universitetga o'qishga kirdi. "Futbol mening hayotim. Men unda qolishim kerak",- deydi Mirko

Qahramonimiz O'zbekistonga kelishini shunday eslaydi.

"Xitoyni erta tark etishimga to'g'ri keldi. Bu paytga kelib O'zbekistonda fitness murabbiylariga ehtiyoj sezilayotgandi. Bir kuni agentim menga qo'ng'iroq qilgani yodimda. O'zbekiston futbol associaciyasi menga 6 oylik shartnoma taklif qilayotganini aytdi. O'zbekiston qaerda ekanligini bilmasdim. SHunga qaramay bu erga kelishga qaror qildim",- deydi murabbiy.


 

Oradan ancha vaqt o'tib ilk bor murabbiylik lavozimiga tayilandi. Vadim Abramovdan so'ng "Lokomotiv" murabbiyiga aylangach jamoaning muvaffaqiyatli kunlari boshlandi. 2016 yil Mirko va "Loko" uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. O'zbekiston chempionligi, kubogi va OCHL chorak finali. Keyingi yillarda ham u jamoa bilan ichki chempionatda barcha sovrinlarga ega chiqdi. 

"Men darhol muvaffaqiyatga erishaman, deb o'ylamaganman. Biroq o'z falsafamga va o'yinni qanday yaxshilash kerakligiga ishonardim. Faoliyatim davomida 20dan ortiq murabbiylar bilan ishladim. Men uchun eng muhim omil intizom va qatiylikdir. Har doim to'pni egallab olib biz to'pni nazorat qilyapmiz deyish yaxshimas. Agar siz texnikani hamma narsadan ustun qo'ysangiz jamoa hech narsaga erisha olmaydi",- deydi Yelichich. 

Bugungi kunda xorijdan murabbiy izlayotgan klublarimizga Mirkoni qo'rqmay olib kelishni aytgan bo'lardim. To'g'ri unda licenziya bilan bog'liq muammosi bor. Ammo echimi ham mavjud. Futbolchilar bilan til topishishda muammo bo'lmasligi ravshan. Mentalitetimizni yaxshi bilib olgan. O'yin uslubini singdirishi va natija keltirishi nisbatan tezroq. U "Lokomotiv"da bu ishni 1 yilda uddalagan. Malakasi va tajribasini hisobga olganda futbolchilarning jarohat olishi kamayadi. Barchasini klublar tepasidagi rahbarlar hal qiladi. Biroq biz o'z vakolatimizdan kelib chiqib fikr yuritdik, xolos.

SHu kabi qiziqarli materiallar, faktlarni quyidagi havolada ham o'qishingiz mumkin. FAKTLAR

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика