So’nggi yangiliklar

01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  1 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  1 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  16 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  1 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  2 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  22 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3

Mirko Elichich: "So'nggi ikki haftada beshinchi o'yinimizni o'tkazyapmiz. Superligaga chiqish vazifasi yo'q" Yangiliklar

Mirko Elichich: "So'nggi ikki haftada beshinchi o'yinimizni o'tkazyapmiz. Superligaga chiqish vazifasi yo'q"

Pro-Liganing 4-turidan o'rin olgan "Aral" - "Olimpik" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirko Elichich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Qiyin o'yin bo'lishini bilardik. Bugungi bahs taqvimimizdagi eng qiyin uchrashuvdek ko'rinmasligi mumkin, ammo hattoki Superliga klublari ham ushbu maydonda o'ynashga qiynalishadi. O'yin uchun "Aral"ga rahmat. Bizning yosh futbolchilarimiz shunday o'yinlar orqali o'sishga erishadi. Namoyish etgan o'yinimiz menga yoqdi, biroz omad ham kulib boqdi, deya olaman. O'tgan o'yinlarda yordamga kelmagan omad, bugun bizga tomonda bo'ldi" - dedi Mirko Elichich bugungi to'qnashuv haqida.

- Ikkinchi bo'limda jamoangiz ko'proq himoyalandi va ko'pgina vaziyatlarda vaqtni cho'za boshladi...
- Men fikringizga qo'shilmayman. Bu sizning fikringiz va xohlaganingizcha fikrlashingiz mumkin, albatta. O'zbekistonda vaqtni cho'zadigan klublar juda ko'p. Mening jamoam hech qachon  bunday o'ynamaydi. Siz qachondir men futbolchilarimga vaqtni cho'zish kerakligini aytganimni ko'rganmisiz? Futbolchilar o'yin davomida jarohat oldi, bu esa futboldagi tabiiy hol.

Biz so'nggi ikki haftadagi beshinchi o'yinni o'tkazyapmiz va uchrashuvlarning deyarli barchasi suniy maydonda o'tkazildi. Bu futbolchilarning sog'lig'iga tasir qiladi. Bu normal holat emas, shu sababli futbolchilarimdan minnatdorman.



- "Olimpik" jamoasining tarkibi asosan 2005-2006 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat. Jamoaning joriy mavsumdagi maqsadlari qanday?
- Tarkibimizda yoshlar ko'p. Ushbu futbolchilar kelajakda Superliga klublarida faoliyat yuritishlari kerak. Superligaga chiqish vazifasi yo'q. Biz futbol o'ynashimiz kerak. Tarkibimizda yoshlar terma jamoasida o'ynaydigan futbolchilar ham bor. Yoshlar terma jamoasidan joy olmagan o'yinchilarning mahoratini yaxshilashimiz kerak. Bir-ikki yoshi katta futbolchilar ham bor. Ular boshqa klublarga o'tishmadi, endi esa bizga yordam berishmoqda. Asosiy vazifamiz futbolchilarni tarbiyalash.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика