So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  28 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  3 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  1 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  7 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  1 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  58 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  25 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  11 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  19

Superliga va Pro liga klublari media hamda marketing xodimlari uchun seminar bo'lib o'tdi Yangiliklar

Superliga va Pro liga klublari media hamda marketing xodimlari uchun seminar bo'lib o'tdi

Bugun O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan Superliga hamda Pro liga ishtirokchi klublari media va marketing bo'limlari vakillari uchun maxsus seminar tashkil etildi.

Ayni paytda mamlakat chempionati hamda kubogi bellashuvlari natijalari va o'yin atrofidagi voqealar haqida batafsil malumot berish, ishqibozlarni sevimli jamoalari hayotiga oid yangiliklardan hamisha tezkorlik bilan boxabar etib borishda klublar matbuot xizmatlarining o'rni beqiyos, albatta. Qolaversa, klubning homiy hamda hamkor tashkilotlar bilan yaqindan aloqalarni yo'lga qo'yishi, reklamalar orqali mablag' ishlab topishida esa marketing bo'limi vakillari xizmatini alohida qayd etish lozim. Mazkur ikki yo'nalish har bir klub faoliyatida juda muhim o'rin tutadi. Zero klub imidjini shakllantirishda ushbu ikki bo'lim o'zaro chambar-chas bog'liq tarzda ish olib boradi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi yangi mavsum oldidan matbuot kotiblari va marketologlar uchun seminar tashkil etdi. Unda mavjud yutuq va kamchiliklar, yangi mavsum rejalari, o'zaro hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar muhokama etildi. Ortda qolgan 2020 yilda qaysi klublar ushbu yo'nalishlarda faol va samarali ishlagani, qaysi klublar esa aksincha biroz qoniqarsiz faoliyat olib borgani o'rganildi va o'sha kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha takliflar berildi.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика