So’nggi yangiliklar

20:10Россия кубоги. "Рубин" — "Акрон". Эсанов дебют қилади, Ашурматов ҳам асосийда  1 20:00Расмий хабар: "Насаф" Жанубий Судан терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузди  6 19:55Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон учрашувида ғолиб номи аниқланмади  136 19:44"Ювентус" янги мавсум сафар либосини намойиш этди  0 19:31"Зенит" ярим ҳимоячисини сотиб юбормоқчи  0 19:07Почеттино "Ньюкасл" бош мураббийига айланиши мумкин  1 18:38Миранчук "Аталанта"дан "Атланта Юнайтед"га ўтди  0 18:10"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 11 ёшли Абдуллоҳ Абдураимов  0 17:4438 ёшли Хонда Бутан клуби билан 1 та ўйинга шартнома имзолади  1 17:20Суперлигада трансфер ойнасининг сўнгги кунида вазият қандай?  26 17:07Стив Брюс Ямайка терма жамоасида иш бошлаши мумкин  1 16:50Париж-2024. Ўзбекистон - Доминикан Республикаси: Асосий таркибимиз маълум  41 16:17Ҳусниддин Алиқулов ва Остон Ўрунов бугунги ўйинни ўтказиб юборади  27 15:54Фабрицио Романо: "Атлетико" Конор Галлахер трансферига яқин  2 15:23"Челси" Лукакуни Осимхенга алишмоқчи  2

Superliga: Tur laureatlari aniqlandi FOTO Yangiliklar

Superliga: Tur laureatlari aniqlandi FOTO

Ananamizga muvofiq Superliganing 13-turining eng yaxshilarini elon qilamiz.


"CA" Superligani yangicha formatda yoritadi


Tur o'yini - "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" (0:1)

Turning markaziy o'yini Toshkentda "Paxtakor" va "Bunyodkor" o'rtasida kechdi. Ammo turning eng yaxshi va qiziqarli bellashuvi Qo'qonda o'tkazildi. No'mon Hasanov jamoasi o'z uyida "Qizilqum"ni mehmon qilgan bahsda bir qator qiziqarli vaziyatlar sodir bo'ldi. Avvaliga belgilangan penalti va darvozaboning mahorati evaziga bartaraf etilgan gol. "Qo'qon-1912"ning birinchi bo'limdagi ko'plab havoga ketgan xavfli vaziyatlari, qizil kartochka va hokazo. "Qizilqum" esa shu kuni qarshi hujumda mezbonlar darvozaboni O'tkir Yusupovga etarlicha tashvish tug'dirishga erishdi. Ammo Elguja Grigalashvilining yagona aniq zarbasi evaziga muhim g'alabani tantana qildi. Ushbu o'yin hajm jihatidan ham boshqa uchrashuvlarga qaraganda qiziqarli va shiddatliroq kechdi. SHu boisdan ham turning eng yaxshi uchrashuvi sifatida "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" (0:1) o'yini etirof etildi.


Tur muxlislari - Toshkent derbisida

Toshkent derbisini kuzatish uchun o'sha kuni "Paxtakor" stadioniga 20 mingdan ziyor ishqibozlar tashrif buyurishdi. Umuman "Paxtakor" muxlislari shu kuni stadionda yaxshigina muhitni shakllantira olishdi va o'yin jozibasiga tashqi go'zallik ko'sha olishdi. SHu boisdan ham bu galgi tur muxlislari nominaciyasida "Paxtakor" ishqibozlar guruhi g'olib deb topildi.


Tur hakami - Ravshan Ermatov

Superliganing 13-turida ishlagan hakamlar ichida yana yarq etib Farg'onadagi o'yinni boshqarib borgan Ravshan Ermatov ajralib turdi. FIFA referisi, tajribali Ermatov navbatdagi bor turning eng yaxshi hakami deya etirof etilmoqda. "Neftchi" - "So'g'diyona" uchrashuvini bir tekis boshqargan Ravshan Ermatov boshchiligidagi brigada tur hakami nominaciyasida g'olib bo'lishdi.


Tur matbuot xizmati - "Paxtakor"

Matbuot xizmatlari ichida ayni kunda O'zbekistonda birinchi raqam bo'lib turgan "Paxtakor" barqaror va professional ishlashda davom etmoqda. Muhimi, har bir turni barqaror, operativ va professional tarzda yoritib bormoqda. O'yin atrofidagi tadbirlar va uchrashuvdan keyingi tafsilotlarni yoritib borishda "Paxtakor" rasmiy sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalari birdek faol va tezkor ishlamoqda. SHu boisdan ham ushbu turda eng yaxshi va faol ishlagan matbuot xizmati sifatida yana "Paxtakor" etirof etildi.


Tur iqtibosi: "Futbolchilarga meni bezovta qilmasliklarini aytgandim"

"Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Paxtakor"ga qarshi o'yindan keyin nega uchrashuvni kayfiyatsiz o'tirgan holatda kuzatib bordingiz, degan savolga quyidagicha javob qaytardi:
"Yo'q, kayfiyat joyida edi. SHunchaki futbolchilardan xotirjam edim. Ro'za tutganim bois, og'iz ochishni kutib turgandim. SHu boisdan ham birinchi bo'limda joyimdan ham turganim yo'q. Uchrashuvdan oldin futbolchilarga futboldan rohatlanib o'ynashni takidlab, iloji bo'lsa meni bezovta qilmasliklarini aytgandim. Lekin busiz iloji bo'lmadi. Ikkinchi taymda og'izni ochib bo'lgach baribir bir-ikkita yaxshi, shirin so'zlarni ishlatishga to'g'ri keldi. Keyinchalik esa jamoa men istagan va muxlislarga yoqadigan o'yinni namoyish etdi. Ammo derbida, "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvlarda bir taym emas, butun o'yinni bir maromda o'tkazish lozim" (c) Mirjalol Qosimov


Tur goli - Muhammad Isaev

"Metallurg" futbolchisi Muhammad Isaev ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushib jamoasining ikkinchi golini Nesterov darvozasiga qoyilmaqom tarzda yo'lladi va turning eng chiroyli goliga mualliflik qildi. CHamasi 17-18 metrlardan yo'llangan kuchli va chiroyli zarba turni bezab beruvchi golga aylandi.


Tur darvozaboni - O'tkir Yusupov

"Qo'qon-1912" "Qizilqum"ga qarshi o'yinda garchi mag'lub bo'lgan bo'lsada, bellashuvda mezbonlar tarkibidan birgina O'tkir Yusupov ushbu mag'lubiyatga loyiq o'yin ko'rsatmadi. Aksincha, bir qator vaziyatlarda jamoasi joniga oro kirdi. Xususan belgilangan penaltini bartaraf etgan va ikkinchi bo'limda ikkita yaqqol vaziyatda Artur Gevorkyanni zararsizlantira olgan O'tkir Yusupov so'zsiz turning eng yaxshi darvozaboni nomiga munosib ko'rildi. O'tkazib yuborilgan golda esa O'tkir Yusupovning deyarli aybi yo'q.


Tur murabbiyi - Hamidjon Aktamov

"Qizilqum" ushbu turda Qo'qonda bir kishi kam bo'lib qolishiga qaramasdan munosib o'yin ko'rsatdi va yakunda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi. Aynan shu boisdan ham Hamidjon Aktamov tur murabbiyi sifatida etirof etildi. "Qizilqum" ikkinchi davrani juda muvaffaqiyatli boshladi. Dastlab amaldagi chempion maydonida jasorat ko'rsatgan navoiyliklar, endilikda "Qo'qon-1912"ni safarda mag'lub etishdi. Ushbu bahsda "Qizilqum" "Qo'qon-1912"ni taktik taraflama enga oldi. SHu boisdan ham Hamidjon Aktamov tur murabbiyi nominaciyasida uloqni ilib ketdi.


Tur futbolchisi - Zohid Abdullaev

"Metallurg" hujumchisi Zohid Abdullaev "Lokomotiv"ga qarshi bahsda jamoasi g'alabasiga juda katta hissa qo'shdi. Avvaliga Maxaradzeni xatosidan unumli foydalanib hisobni ochgan hujumchi, keyinchalik Muhammad Isaevning super goliga assistentlik vazifasini bajardi. "Lokomotiv"ni Bekobodda mag'lub bo'lishiga aynan Zohid Abdullaevning yorqin o'yini va samarali o'yini bosh sabab bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. SHu tariqa Zohid Abdullaev Superligada 13-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.


Ramziy terma jamoa (4-2-3-1)
Darvozabon: O'tkir Yusupov ("Qo'qon-1912")

Himoyachilar: Azamat Isroilov ("So'g'diyona"), SHerzod Azamov ("Paxtakor"), Darko Stanoevich ("Navbahor), Muhsin Ubaydullaev ("Qizilqum")

Yarim himoyachilar: Dilshod Rahmatullaev ("Paxtakor"), Doniyor Hasanov ("So'g'diyona"), SHavkat Salomov ("Buxoro")

Hujumkor vingerlar: Tiago Bezerra ("Paxtakor"), Elguja Grigalashvili ("Qizilqum"),

Hujumchi: Zohid Abdullaev ("Metallurg")

Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика