So’nggi yangiliklar

15:12"Челси" собиқ футболчиси Санчо ҳақида: "Пул учун бўлмаса, нима учун?"  2 14:18Винисиус: "Вазият ўзгармаса, ЖЧ-2030ни Испаниядан олиб қўйиш керак"  9 13:45Сречко Катанец: "Бу ерда ким хўжайин эканлигини эртага кўрсатишимиз керак" (тўлиқ)  12 13:17Элит ОЧЛ. "Пахтакор" – "Ал Васл" учрашувини япониялик ҳакамлар бошқаради  5 12:30КХДР бош мураббийи: "Нейтрал майдонда ўйнаш қўшимча устунлик бермайди"  15 12:16Сречко Катанец: "КХДР билан фарқимиз биз ҳеч қандай ўртоқлик учрашувларисиз тайёрландик"  13 11:39"Реал" кейинги ёзда "Манчестер Сити" етакчисини сотиб олиш учун барча имкониятни ишга солади  7 10:42"Ливерпул"га қарши учрашувдаги хатолардан сўнг МЮ Каземирони бошқа клубга таклиф қилди  15 10:15Николай Ширшов хотира кубоги. Бугун турнир ғолиблари аниқланади   4 10:11Германия терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини "Рома"да давом эттиради  5 09:40Кечирилмади! Немис клуби мухлислари футболчини бошқа жамоа либосида суратга тушгани учун дўппослашди  2 09:03Бразилиянинг машҳур жамоаси уй стадионининг номини Марсело шарафига ўзгартирди  5 08:35"Челси" собиқ футболчиси Қатар клубига ўтишга яқин  3 08:07«Арсенал»нинг янги футболчиси Мерино қанча муддатга сафдан чиққани маълум бўлди  2 07:38Футзал. Бразилия футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3

Superliga: Qura tashlandi. 1-turdayoq "Paxtakor" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Superliga: Qura tashlandi. 1-turdayoq "Paxtakor" - "Lokomotiv"

Xabaringiz bor, PFL bugun Superliganing yangi mavsumiga qura tashlash marosimini o'tkazadi.

Soat 18:45dan boshlab "Sport" telekanali qura tashlash marosimini jonli efirda namoyish etishi rejalashtirilgan. Marosim "Milliy" stadionda bo'lib o'tadi.

Mazkur jarayon haqida mazkur sahifada onlayn translyaciyani amalga oshiramiz.


YANGILASH



Qura tashlash marosimi yakuniga etdi. Endi 8 martni kutamiz.


Superliga
1-tur

"Surxon" - "Metallurg"
"Dinamo" - "Nasaf"
"So'g'diyona" - "Bunyodkor"
"Paxtakor" - "Lokomotiv"
"Navbahor" - "Qo'qon-1912"
"Andijon" - "Qizilqum"
AGMK - "Buxoro"



19:05. "PFL 12ta klub o'ynashini istagandi, O'FA klublar sonini 14taga etkazishga qaror qildi. Bu qarorni O'FA qabul qildi. Jurnalistlar tomonidan PFL tanqid qilinishi normal holat. Tanqid qilishda davom etishsin, bu bizga motivaciya beradi. 2019 yilgi mavsum Superligada jamoalar 13ta uyda, 13ta safarda tizimida o'ynashadi va 26ta tur o'tkazishadi. O'zbekiston Kubogi formati o'zgarmay qoladi.

Bundan tashqari xuddi Angliyada bo'lgani kabi O'zbekistonda ham ikkita kubok bo'ladi. Nasib qilsa O'zbekiston Liga kubogi musobaqasiga asos solmoqchimiz. Uning mukofot puli bo'ladi, nufuzi yaxshi bo'ladi", - deydi Diyor Imomxo'jaev.




19:00. Qura tashlash marosimi boshlandi. 



18:50. "Bunyodkor" bosh murabbiyi Vadim Abramov 


18:47. Bugun Superligaga chiqqan "Surxon" bosh murabbiyi Andrey Miklyaev 



18:44. Bosh murabbiylar ham shu erda. Andrey Kanchelskis va Andrey SHipilov



18:40. Saytimiz xodimlari ham qura bo'ladigan joyga etib kelishdi.



18:20. Qura tashlashga barchasi tayyor.



16:06. "Dinamo" bugun "Paxtakor" bilan o'rtoqlik uchrashuvini Pro-Liga vakili sifatida boshlab, Superliga vakili sifatida tugatdi.


Andrey Mikyalev: "Surxon" Superligada o'ynashini championat.asia saytida o'qib bildim"

15:11. O'FA sayti rasmiy xabar chiqardi. Unga ko'ra 2019 yilgi Superligada 14ta klub ishtirok etadigan bo'ldi: Rasmiy xabar: "Dinamo" va "Surxon" Superligada o'ynaydi

14:45. "Mashal" klubi menejeri Ilhom Qurbonov bilan bog'landik. "Avvalo shuni aytishim kerakki, kecha, o'tgan kun yoki bugun PFL yoki O'Fadan hech kim bizga hech qanday taklif bilan chiqqani yo'q. Agar taklif bo'lsa Superligaga tayyormizmi? Barcha narsamiz deyarli tayyor. Faqat 10 foiz ish qolgan xolos. Agar bugun Superligada o'ynaysizlar deb aytishsa 10 foiz ishni mavsum boshlangunigacha bemalol tugata olamiz. Tarkib yosharib ketgan? To'g'ri jamoamiz bu mavsum o'z oldiga yosh futbolchilar bilan o'ynashni maqsad qilib qo'ygan. Kerak bo'lsa shu yoshlar bilan ham Superligada o'ynashga tayyormiz. To'g'ri yuqori o'rinlar uchun kurasha olmasmiz, ammo har bir bahsga faqat g'alaba uchun maydonga tushaveramiz. Smetamiz kam emasmi? Bir necha yil avval Dortmundning "Borussiya" klubi ECHL finalida "Bavariya" bilan o'ynagandi, yodingizdami? O'sha mavsum "Borussiya"ning byudjeti 32ta klub orasida eng kamlaridan biri bo'lgan ekan. Nega ular qila olgan ishni biz qila olmaymiz. Bizga ajratilayotgan smetani to'g'ri sarflay olsak hammasiga etadi. "Mashal" doim Superligada o'ynashga tayyor bo'lgan, bundan keyin ham shunday bo'ladi", - deydi Ilhom Qurbonov.

14:00. "Istiqlol" klubi vakilining aytishicha yangi mavsumda jamoa Superliga tugul xatto PRO-liga "A" guruhida ham ishtirok etmasligi mumkin ekan. Aytishlariga "Istiqlol" PRO-liga "B" guruhida o'ynar ekan.

13:30. SHuningdek, biz Farg'onaning "Istiqlol" jamoasi bilan ham bog'lanishga urinib ko'ryapmiz. Voqealar rivojini onlayn tarzda etiboringizga havola etamiz.

13:10. Biz ayni paytda Muborakning "Mashal" klubi bilan bog'lanishga urinib ko'ryapmiz. Hozircha klub menejeri Ilhom Qurbonov bilan bog'lanishning imkoni bo'lmayapti. Klub xodimining malum qilishicha esa, hozircha PFLdan Superligaga o'ynash taklifi berilmagan.

13:00. SHahboz Beg'amovning malum qilishicha, Superliganing yangi mavsumida 14 ta jamoa ishtirok etishi mumkin. Ayni paytda PFL "Dinamo"dan jamoaning yillik smetasiga bog'liq masala hal etilishini kutmoqda. Agarda Samarqand viloyat hokimiyati jamoaning yillik smetasi bo'yicha kafolat xati bersa, unda katta ehtimol "Dinamo" Superligada ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. SHuningdek, PFL talablarini bajarishga shay bo'lib turgan "Surxon" ham Superligada qatnashishga tayyor.

- Qayd etish joiz, PFL 23 fevral kuni Superligada ishtirok etuvchi 11 klubga qura tashlash marosimi bo'lishi haqida malumot bergan va marosimda jamoa bosh murabbiyi hamda klub direktorlari ishtirok etishini so'ragandi.

- Eslatib o'tamiz, PFL 23 fevral kuni o'z rasmiy saytida O'FA Licenziyalash qo'mitasi o'z xulosalari bilan Superliga ishtirokchilari nomiga oydinlik kiritib berishini kutayotganligini malum qilgandi.

Reyting: -194   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика