So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  6 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  4 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  78 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  4 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

Coca Cola Superligasi. "Qizilqum" "Surxon" bilan nursiz durang o'ynadi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Qizilqum" "Surxon" bilan nursiz durang o'ynadi

Coca Cola Superligasida 6-tur bellashuvlariga start berildi.

Superliga, 6-tur

14.04.2023

"Yoshlik" stadioni, Navoiy

"Qizilqum" - "Surxon" 0:0

"Qizilqum": 35.Javohir Ilyosov, 4.Ilhomjon Vahobov, 5.Samandar SHukurillaev, 6.Murodbek Rahmatov (30.Islom Toshpo'latov, 78), 10.Islombek Kenjaboev, 17.Jaloliddin Sodiqov (7.Davron Anvarov, 78), 23.SHerali Jo'raev (2.Avazxon Mamatxo'jaev, 70), 24.Ifeani Ifeani, 26.Viktor Mbaoma (11.Jasur Xolto'raev, 70), 75.Oleg Tolmasov (25.Azizbek Usmonov, 46), 87.Alisher Sanoev.  

Zaxira: 22.Artyom Makosin, 9.Humoyun Abdualimov, 79.Diyor Rahmatilloev.

"Surxon": 1.Artyom Potapov, 2.Bobirjon Asqarov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 7.Dostonbek Tursunov, 8.Humoyun SHerbo'taev, 15.Diyor Ramazonov (99.Komron Saydazimov, 65), 18.Silvanus Nimeli, 19.Nuriddin Hasanov, 27.Asilbek Jumaev (77.Asadbek Karimov, 90+2), 55.SHohjahon Sultonmurodov (5.Azizbek Pirmuhammadov, 87), 66.Behruz SHaydulov.

Zaxira: 35.SHohruh Eshbo'taev, 86.Davron Merganov, 6.Artyom Sokal, 16.Artyom Filiposyan, 22.Javohir Jo'raev, 25.Nodirbek Bobomurodov.

Ogohlantirishlar: Kamron Saidazimov (79), Nuriddin Hasanov (81)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+2. "Surxon" tarkibida o'zgarish: Asilbek Jumaev o'rniga Asadbek Karimov maydonga tushdi.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

87. "Surxon"da o'zgarish: Azizbek Pirmuhammadov SHohjahon Sultonmurodov o'rniga o'yinga qo'shildi.

85. To'p jarima maydoni ichida "Surxon" futbolchisining qo'liga tegdi. Ammo VAR bilan suhbatlashgan hakam penalti belgilamadi.

81. Nuriddin Hasanov ham ogohlantirildi.

79. Kamron Saidazimov ogohlantirildi.

78. "Qizilqum" tarkibida o'zgarishlar: Islom Toshpo'latov va Davron Anvarov maydonga tushirildi. Murodbek Rahmatov va Jaloliddin Sodiqov zaxiraga olindi.

75. VAR vaziyatni ko'rib chiqdi va gol bekor qilindi. Ofsayd bo'lgan ekan.

74. GOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Asilbek Jumaev raqib posbonidan qaytgan to'pni darvozaga joylab qo'ydi!

70. "Qizilqum" tarkibida o'zgarishlar: Mbaoma o'rniga Jasur Xolto'raev, SHerali Jo'raev o'rniga Avazxon Mamtxo'jaev maydonga tushdi.

65. "Surxon"da o'zgarish: Komron Saydazimov Diyor Ramazonovni almashtirdi.

59. Mbaoma raqib posbonining qo'lidan chiqib ketgan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

58. Javohir Ilyosov yana jamoasini goldan asrab qoldi.

56. Sultonmurodov burchakdan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba yo'lladi.

54. Rahmatovga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

51. Mezbonlar burchak zarbasi ishlab oldi. Ammo xavf bartaraf etildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

46. "Qizilqum"da o'zgarish: Oleg Tolmasov o'rniga Aziz Usmonov maydonga tushirildi.

Tanaffus.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

37. SHerali Jo'raevning uzatmasi sheriklariga aniq etib bormadi.

34. Termizliklar chap qanotdan hujum tashkillashtirdi. Vahobov jarima maydoniga uzatilgan to'pni qaytardi.

28. SHerali Jo'raevning to'p uzatishdagi qo'pol xatosidan so'ng mehmonlar hisobni ochishi mumkin edi, Ilyosov yana jonbozlik ko'rsatdi.

24. Mbaoma qanotdan uzatilgan to'pga bosh bilan zarba yo'lladi, biroz noaniq.

24. Hakamning qizil kartochkasiga maydonga tushib qolgan ekan. "Surxon" futbolchisi unga yo'qolgan narsasini taqdim etdi.

22. SHerbo'taevning navbatdagi urinishi ham o'xshamadi.

21. Mehmonlar xavfli qarshi hujum tashkillashtirdi, Ilyosov chaqqonlik bilan oldinga chiqib, xavfni barataraf etdi, shunga qaramay, "Surxon" yaqin masofadan standart ishlab oldi.

17. Asqarov va jamoa posboni to'pni egallashda chalkashlikka yo'l qo'yishi mumkin edi, ammo "Surxon" himoyachisi tavakkal qilmay, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

15. Mezbonlarda navbatdagi hujum. Qanotdan uzatilgan to'p Mbaomaga etib kelishiga raqib futbolchilari imkon berishmadi.

10. Humoyun SHerbo'taevning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

9. Jumaevga nisbatan qo'pollik ishlatildi, hakam Ifeanini og'zaki ravishda ogohlantirdi.

7. Mehmonlarning birato'la ikki futbolchisi Tolmasovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

5. "Qizilqum" navbatdagi hujumini tashkil etdi, ammo surxondaryolik himoyachi epchilroq harakat qilib, Jo'raevdan to'pni olib qo'ydi.

2. Mezbonlar dastlabki yurishdanoq burchak zarbasi ishlab oldi, ammo standartni raqib himoyachilari bartaraf etdi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Qizilqum" oq-qizil, "Surxon"futbolchilari esa to'q ko'k rangli liboslarda harakat qiladi.

Uchrashuv 18:25 da boshlanadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика