Superliga: Qadamboy Nurmetovning benifisiga aylangan tur tafsilotlari va laureatlari haqida
24 iyu 2019 17:57
Yangiliklar


Superliga: Qadamboy Nurmetovning benifisiga aylangan tur tafsilotlari va laureatlari haqida
Mazkur turda bir qator kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etildi. SHuningdek, Superliganing 12-turidan avval va keyin bazi jamoalarda bosh murabbiylar istefoga chiqarildi.
Paxtakor Marat Bikmayev - 7', Igor Sergeyev - 13', Marat Bikmayev - 20', Dragan CHeran - 45', Igor Sergeyev - 62', Dragan CHeran - 73', Vladimir Kozak - 83', Igor Sergeyev - 85' |
Superliga. 12-tur 21/06/2019, 19:45 0
:
8
Tugadi
|
Qizilqum |
Turning gollarga boy o'tgan va Hamid Aktamov boshqaruvidagi "Qizilqum"ning sharmandali mag'lubiyatga uchratgan bahsida "Paxtakor" raqibi darvozasini 8 marotaba nishonga oldi.
Dinamo Qadamboy Nurmetov - 61', Qadamboy Nurmetov - 72' |
Superliga. 12-tur 21/06/2019, 18:00 1
:
2
Tugadi
|
Lokomotiv Temurxo’ja Abduxoliqov - 64' |
Amaldagi chempion "Lokomotiv" esa Samarqandda Qadamboy Nurmetovning dubli evaziga mag'lub etildi va Andrey Fyodorovga chiqib eshiklarini ko'rsatib, Babayanni bosh murabbiy sifatida yana katta futbolga qaytardi.
Andijon Ro’zimboy Ahmedov - 32' |
Superliga. 12-tur 22/06/2019, 18:00 2
:
1
Tugadi
|
OKMK Zafar Polvonov - 19', Shahzodbek Nurmatov - 73' |
Andijonda esa Qosimov boshchiligidagi AGMK zafar quchib, joriy mavsum safardagi ilk ochkolarini qo'lga kiritishni uddaladi.
Navbahor Shahzod Shaymanov - 14', Shahzod Shaymanov - 17', Ivan Solovyov - 87' |
Superliga. 12-tur 23/06/2019, 19:30 1
:
3
Tugadi
|
Buxoro Vladimir Baenko - 89' |
Namangandagi "Navbahor" - "Buxoro" uchrashuvidan bir kun avval kutilmaganda Andrey Kanchelskis istefoga chiqarildi va namanganliklarni "Buxoro"ga qarshi o'yinda Mustafo Bayramov boshqarib tushdi. Natijada jamoa ketma-ket to'rt o'yinlik duranglar seriyasiga barham berib, uzoq kutilgan g'alabani tantana qildi.
Surxon Anvarzhon G'ofurov - 19', Vladimir Bubanya - 40' |
Superliga. 12-tur 23/06/2019, 18:00 0
:
2
Tugadi
|
Bunyodkor |
Termizda mehmon bo'lgan Abramovning "bolalari" shamol tasiri natijasida qiyin o'yin o'tkazishdi va "Surxon"ga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berib, turnir jadvalidagi uchinchi o'rinni mazkur turdagi raqiblariga bo'shatishdi.
So'g'diyona Nuriddin Hasanov - 3', Elyor Orifov - 17' |
Superliga. 12-tur 22/06/2019, 19:30 2
:
2
Tugadi
|
Qo’qon-1912 Suhrob Berdiyev - 8', Suhrob Berdiyev - 40' |
Jizzaxda esa "So'g'diyona" Ulug'bek Baqoevning muvaffaqiyatli seriyasini davom ettira olmadi. "Qo'qon-1912"ni mehmon qilgan jizzaxliklar gollarga boy o'tgan bahsda murosa kuchasini tanlashdi.
Metallurg |
Superliga. 12-tur 23/06/2019, 19:30 1
:
0
Tugadi
|
Nasaf Humoyun Murtozaev - 84' |
Bekobodda esa "Nasaf" jamoaning asosiy to'purariga aylanib olgan Humoyun Murtazoevning yagona goli evaziga "Metallurg"ni xafa qildi.
Qiziqarli faktlar to'planmasi:
- "Navbahor" to'rt o'yinlik duranglar seriyasini tugatdi.
- "Metallurg"ning g'alabasiz seriyasi 6 o'yinga etdi.
- "Paxtakor" "Qizilqum" (8:0) bilan o'yinda "Buxoro" (7) joriy mavsum chempionatdagi barcha gollaridan ko'ra ko'proq gol urdi.
- "Paxtakor" 12 o'yinda o'tkazgan jami gollarini "Qizilqum" bir uchrashuvda aynan "Paxtakor"dan o'tkazdi - 8.
- "Paxtakor", "Lokomotiv", "Surxon" va "Dinamo" o'z uyida engilmas jamoa bo'lib turibdi.
- "Buxoro" va "Qo'qon-1912" hozircha o'z maydonida g'alaba qozongani yo'q.
- Yagona mag'lubiyatga uchramagan jamoa - "Paxtakor".
- "Andijon", "Metallurg", "Dinamo" va "Qizilqum" hali mehmonda g'alaba tamini tatib ko'rgani yo'q.
TUR LAUREATLARI
Tur darvozaboni - Suhrob Sultonov
AGMK darvozaboni Suhrob Sultonov "Andijon" bilan bo'lgan uchrashuvda garchi o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborgan bo'lsada, uchrashuv davomida qator xavfli vaziyatlarda jamoasi joniga oro kirdi. Ayniqsa birinchi bo'lim so'nggidagi ikki vaziyatda ajoyib seyvlari orqali Sultonov qaysidir manoda AGMKning g'alabasiga poydevor qo'ydi. SHu boisdan Sultonov turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.
Tur murabbiyi - Davron Fayziev
"Dinamo"dek kamtarin jamoa bilan Superligada o'yin jihatdan ham, natija borasida ham barqaror o'ynayotgan Davron Fayziev o'z uyida engilmasga aylandi. Mazkur turda chempionlik uchun kurashayotgan "Lokomotiv"ni mag'lub etgan "Dinamo"ni turnir jadvalining yuqorida ushlab turishni uddalamoqda. Amaldagi chempionga qarshi munosib va jangovor o'yini hamda qo'lga kiritgan g'alabasi tufayli turning eng yaxshi murabbiyi deb Davron Fayzievni etirof etdik.
Tur futbolchisi - Qadamboy Nurmetov
Superliganing 12-turida "Dinamo" hujumchisi Qadamboy Nurmetov amaldagi chempion "Lokomotiv"ni mag'lub etilishida eng asosiy qahramonga aylandi. Aynan uning ikkita goli evaziga "Dinamo" "Lokomotiv" ustidan muhim g'alabani tantana qildi. Kamtarin jamoaning asosiy figuralaridan biriga aylanib borayotgan Qadamboy Nurmetov turning eng yaxshi futbolchisi nomiga munosib ko'rildi.
Tur ramziy terma jamoasi (4-3-3):
Darvozabon: Suhrob Sultonov (AGMK)
Himoyachilar: Akmal SHorahmedov (AGMK), Egor Krimec ("Paxtakor"), Vladimir Bubanya ("Surxon"), SHarof Muhitdinov ("Nasaf")
Yarim himoyachilar: SHahzod SHaymanov ("Navbahor"), SHavkat Salomov ("Surxon"), SHohruh Abdurahmonov ("Dinamo")
Hujumchilar: Qadamboy Nurmetov ("Dinamo"), Igor Sergeev ("Paxtakor"), Suhrob Berdiev ("Qo'qon-1912")
TURNIR JADVALI
Superliga to'purari - Dragan CHeran (15)
Eng yaxshi assistent - Jaloliddin Masharipov (8)
Navbatdagi tur
13-tur
28 iyun, juma
DINAMO — BUNYODKOR
QIZILQUM — NAVBAHOR
AGMK — METALLURG
29 iyun, shanba
BUXORO — ANDIJON
QO'QON-1912 — PAXTAKOR
NASAF — SURXON
LOKOMOTIV — SO'G'DIYONA
O’xshash yangiliklar

Fikrlar