So’nggi yangiliklar

15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  1 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  5 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  1 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  3 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  4 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  1 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  3 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  1 10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  4 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  24 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  20 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  8

Superliga. O'yindan tashqari holatdan urilgan gol, qizil kartochka yoxud "Paxtakor" "Metallurg"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. O'yindan tashqari holatdan urilgan gol, qizil kartochka yoxud "Paxtakor" "Metallurg"ni mag'lub etdi

Superliganing 4-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

SHu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.


PAXTAKOR – METALLURG - 2:1
2 aprel 2021 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Rustam Lutfullin, Daler Tilloev, SHohnur Yo'ldoshev, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: Aleksandr Davidenko

Gollar: Eren Derdiyok 23, - 1:0 (Sardor Rashidov). SHarof Muhitdinov 36, - 2:0. Zohid Abdullaev 45+3, - 2:1.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov (6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 57), 7.Sardor Rashidov, 8.Azizbek Turg'unboev, 9.Eren Derdiyok (5.Anzur Ismoilov, 71), 10.Dragan CHeran, 15.Egor Krimec, 19.SHarof Muhiddinov (21.Abror Ismoilov, 57), 23.SHerzod Azamov, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 34.Farruh Sayfiev.
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 14.Humoyunmirzo Iminov, 17.SHerzod Temirov, 18.Hojimat Erkinov.

"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 4.Odilbek Abdumajidov, 8.Salamat Quttiboev, 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 15.Zohid Abdullaev (11.Ivan Nagaev, 77), 21.Kamoliddin Tojiev, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov (34.Evgeniy Makeev, 86), 28.Stanislav Andreev, 55.Akbar Ismatullaev, 98.Damir Temirov (48.Dilshod Rahmatullaev, 83).
Zaxira: 1.Akmal Tursunboev, 7.Doniyor Narzullaev, 30.Andrey SHipilov, 43.Davron Anvarov.

Ogohlantirishlar: Kamoliddin Tojiev 27, Salamat Qutiboev 54, Sanjar Quvvatov 90, Dragan CHeran 90+4.

CHetlatish: Egor Krimec 70.



YANGILASH



90+5. Uchrashuv yakunlandi. "Paxtakor" - "Metallurg" 2:1

90+4. Ogohlantirish. "Paxtakor". Dragan CHeran simulyaciya uchun sariq kartochka oldi

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi

90. Ogohlantirish. "Paxtakor". Sanjar Quvvatov

86. O'zgarish. "Metallurg". Toshpo'latov o'rniga Makeev tushirildi

84. ZARBAAA! Dragan CHeran jarima maydoni ichidan zarba berdi, to'p ustun yonidan o'tib ketdi!

83. O'zgarish. "Metallurg". Temirov o'rniga Rahmatullaev tushirildi

81. ZARBAAA! CHap qanotdan havolatib uzatilgan to'pni CHeran bosh bilan darvozaga aniq yo'lladi, Lobanov o'z o'rnida! 

79. ZARBAAA! Ivan Nagaev zarba berdi, biroz noaniq

77. O'zgarish. "Metallurg". Abdullaev o'rniga Nagaev tushirildi

71. O'zgarish. "Paxtakor". Eren Derdiyok o'rniga maydonga Anzur Ismoilov tushdi.

70. CHETLATISH! Quvvatovga zarba berib yuborgan Abdumajidovni turtib yuborgani uchun Egor Krimec maydondan chetlatildi. 



69. UXXX! "Metallurg" zarbasidan so'ng to'p to'singa tegib qaytdi, Quvvatov to'pni egallab olgan chog'da raqib unga qo'pollik qildi

66. ZARBAAAA! Dragan CHeranning zarbasidan so'ng Lobanov to'pni qiyinchilik bilan qaytardi!

65. ZARBAAA! "Metallurg" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Akbar Ismatullaevning zarbasi biroz noaniq ketdi!

58. ZARBAAA! Rashidovning zarbasidan keyin Lobanov to'pni qaytardi

57. O'zgarish. "Paxtakor". Muhiddinov o'rniga Abror Ismoilov, Alijonov o'rniga Yo'ldoshev tushirildi

54. Ogohlantirish. "Metallurg". Salamat Qutiboev

52. UXXXX! Sanjar Quvvatov jamoasini muqarrar goldan qutqardi! Qutiboev va Abdumajidovning zarbalarini qaytardi Quvvatov!

50. ZARBAA! CHerandan xavfli zarba, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.

46. Ikkinchi taym boshlandi!




45+3. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 2:1. Abdullaevning zarbasini Quvvatov qaytardi, ammo qaytgan to'pga birinchi bo'lib Abdullaev etib bordi va darvozani ishg'ol qildi - 2:1. 




45. Birinchi taymga 3 daqiqa qo'shildi

45. ZARBAA! Derdiyokning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi!

44. "Paxtakor"da yana bir jarima zarbasi, darvozagacha chamasi 25 metrlar bor

39. UXXX! Quvvatovdan seyv! Temirovning darvozaga yo'llagan zarbasi, rikoshetdan so'ng kirib ketayotgan to'pni Sanjar qaytardi

36. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHarof Muhitdinov! 2:0. SHarofning 30 metrlardan jarimadan tepgan to'pi rikoshet holatida darvozaga borib tushdi




27. Ogohlantirish. "Metallurg". Kamoliddin Tojiev


23. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! EREN DERDIYOK 1:0. Rashidovning uzatmasidan keyin Eren birga-bir vaziyatda Lobanovni dog'da qoldirdi. Rashidovga to'p uzatilayotganda o'yindan tashqari holat bor edi



19. Eren Derdiyok maydon markazida Tojiev bilan to'qnashib ketdi va shifokorlar yordamiga muhtoj

17. "Metallurg" burchak to'piga ega bo'ldi, to'p uzatilganidan keyin hujumda qoida buzildi

14. ZARBA! Sardor Rashidov jarima to'pini amalga oshirdi, Lobanov o'z o'rnida!



13. UXX! Alijonovning uzatmasidan keyin Derdiyok boshi bilan noaniq zarba yo'lladi!

10. Yana mehmonlarning hujumi, Qutiboevning to'p uzatishiga sheriklari eta olmadi

8. UXX! Sobirxo'jaevning uzatmasidan so'ng CHeran yaqin masofadan aniq zarba bera olmadi

5. ZARBAA! Salamat Qutiboevning zarbasini Quvvatov qaytardi!

1. O'yin boshlandi!

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.

Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика