Superliga. "Olimpik" debyut mavsumdayoq rekord qo'ydi
15 noy 2022 04:34
Yangiliklar
Superliga. "Olimpik" debyut mavsumdayoq rekord qo'ydi
2 mart kuni "Surxon" bilan 0:0 o'ynagan "Olimpik" O'zbekiston chempionatlari tarixidagi 40-jamoaga aylangan edi.
Timur Kapadze shogirdlari so'nggi turda "Nasaf" ustidan zafar quchib, debyut mavsumni kuchli oltilikda tugatishdi.
Ushbu jamoa deyarli barcha o'yinlarni birinchi raqam ostida o'tkazdi. "Olimpiyachilar" himoyaga yotib olgan uchrashuvlarga guvoh bo'lmadik. SHunday bo'lishiga qaramay, o'yinlarning aksarida durang qayd etildi. Aniqroq aytsak, "Olimpik" 14 o'yinni 1 ochko bilan tugatgani holda chempionat tarixiga kirdi. Bu mutlaq rekord hisoblanadi.
Superligadagi barcha duranglar esa 53taga etdi. Mazkur raqam umumiy o'yinlar sonining deyarli 30 foizini tashkil qiladi. Bunaqasi O'zbekiston chempionatlari tarixidagi birinchi bor kuzatildi.
Yana bir etiborli natija "Dinamo"ga tegishli bo'ldi. Elitadan 5-marta tushib ketgan Samarqand klubi "Guliston"ning bu boradagi antirekordini takrorlashdi.
Malumot uchun, O'zbekiston chempionatining barcha (30) mavsumida faqat "Navbahor" hamda "Paxtakor" jamoalari qatnashishgan.
Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI
Fikrlar