So’nggi yangiliklar

11:10"Манчестер Сити" АПЛ стартига қадар таркибни қисқартирмоқчи  2 10:35Сергей Лушчан: "Мен фамилияга эътибор бермайман, ўйинчиларнинг ҳаракатини кузатаман"  5 10:13Миржалол Қосимов: "ФИФА кунлари жамоамиз фойдасига ишламади"  1 09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  5 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  0 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  3 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  2 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  8 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  31 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  10 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  89

Superliga. Sidiqov so'nggi daqiqalarda gol urib, "Qo'qon-1912"ga "Lokomotiv" ustidan g'alaba olib keldi Yangiliklar

Superliga. Sidiqov so'nggi daqiqalarda gol urib, "Qo'qon-1912"ga "Lokomotiv" ustidan g'alaba olib keldi

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – "Qo'qon-1912" uchrashuvi yakuniga etdi.


LOKOMOTIV – QO'QON-1912 1:2
11 may 2022 yil. Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 19:00
Hakamlar:
Vadim Agishev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Oxunov

Gol: Xurshid Muxtorov 58' – Anvar Xojimirzaev (Mo'minjon Meliev) 19', Javohir Sidiqov 90+4'

"Lokomotiv": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Islomjon Qobilov, 7.Diyorjon Turopov, 8.Nurmuhammad Toshpo'latov, 14.Xurshid Muxtorov, 17.Sanjar Qodirqulov (19.Jerom Etame, 46), 20.Jaloliddin Jumaboev ( 4.Dilshod Komilov, 90), 21.G'ulom Haydar G'ulomov, 22.Muhammadanas Hasanov (9.Javohir Alijonov, 58), 27.Islom Rashidxonov, 37.SHerzod Fayziev (44.Samuel Opex, 46).
Zaxira: 13.Rustam Nartadjiev,5.Javohir Abdualimov, 18.Ali Abdurahmonov, 24.SHerzod Komilov, 98.Maruf Jumaev.

"Qo'qon-1912": 21.Islomjon Abdullaev, 5.Slavko Lukich, 7.Jamshid Hasanov, 10.Javohir Sidiqov, 11.Mo'minjon Meliev, 13.Sardorbek Azimov (14.Avazxon Mamatxo'jev, 70), 17.Quvondiq Ro'ziev, 23.Aleksandr Merzlyakov, 27.Anvar Xojimirzaev (18.SHahzodbek Nurmatov, 65), 33.Ivan Yosovich, 70.Bilolxon Toshmirzaev ( 8.Sanat SHixov, 65).
Zaxira: 1.Muzaffar Abdullaev, 4.Ilhomjon Vahobov, 20.Murodjon Komilov, 22.Sardor Yetovqo'ziev, 77.Murod Xolmuhammedov, 99.Abdullajon Yunusov.

Ogohlantirishlar: Aleksandr Merzlyakov (14), Sanjar Qodirqulov (42), Bilolxon Toshmirzaev (47).

Lokomotiv

Xurshid Muxtorov - 58'

Superliga. 8-tur

11/05/2022, 19:00

2
:
1
Tugadi

Qo’qon-1912

Anvar Hojimirzaev - 19', Javohir Sidiqov - 90'

45'
90'
42'  Sanzhar Qodirqulov
46'  Sherzod Fayziev (Opeks Samuel)
46'  Sanzhar Qodirqulov (Mpako Etame Jerom)
58'  Muhammadanas Hasanov (Javohir Alijonov)
58'  Xurshid Muxtorov
84'  Islom Rashidxonov (Ali Abdurahmonov)
90'  Jaloliddin Jumaboev (Dilshod Komilov)
14'  Aleksandr Merzlyakov
19'  Anvar Hojimirzaev
47'  Bilol Toshmirzaev
65'  Bilol Toshmirzaev (Sanat Shixov)
65'  Anvar Hojimirzaev (Shahzodbek Nurmatov)
70'  Sardor Azimov (Avazxon Mamatxo’jaev)
76'  Mo'min Meliev (Murod Xolmuhamedov)
90'  Javohir Sidiqov


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


Bahs yakunlandi! 

90+4. GOOOOOOOOOOOOL! Qanday gol! Javohir Sidiqov to'pni to'xtatmasdan darvoza to'riga joylab qo'ydi – 1:2! 


90+1. Zarbaaa! Ali Abdurahmonovning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

Birinchi taymga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90. "Lokomotiv"da o'zgarish: Jumaboev o'rniga Komilov bahsni davom ettiradi. 

84. Xolmuhammedov qo'pol o'ynagani bois ogohlantirildi. 

84. "Lokomotiv"da o'zgarish: Rashidxonov o'rniga Abdurahmonov o'yinga qo'shildi. 

83. To'p kutilmaganda maydon markazida Nurmatovning qo'liga tegib ketdi, hakam buni payqab qoldi.  

81. Zarba!  Javohir Alijonovning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

76. "Qo'qon-1912"da navbatdagi o'zgarish: Meliev o'rniga Xolmuhammedov tushdi. 

70. "Qo'qon-1912"da almashtirish: Azimov o'rniga Mamatxo'jev o'yinni davom ettiradi. 

65. "Qo'qon-1912"da 2 ta  o'zgarish: Toshmirzaev o'rniga SHixov, Xojimirzaev o'rniga Nurmatov tushirildi. 

65. Zarbaaa!  G'ulom Haydar G'ulomovning zarbasidan so'ng to'p rikoshet orqali, maydondan chiqib ketdi. 

58. GOOOOOOOOOL!  Xurshid Muxtorov jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirib, gol urdi – 1:1!  


58. "Lokomotiv"da almashtirish: Muhammadanas Hasanov o'rniga Javohir Alijonov maydonga tushdi.  

53. Xurshid Muxtorov Sardorbek Azimovga nisbatan qoidani buzdi. 

51. "Lokomotiv" faol ravishda hujum qilmoqda, "Qo'qon-1912" ikkinchi raqamli jamoa sifatida harakatlana boshladi. 

47. Toshmirzaev hujum chog'ida Jumaboevga nisbatan qoidani buzdi va sariq kartochka oldi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Lokomotiv"da 2 ta o'zgarish: Qodirqulov o'rniga Etame, Fayziev o'rniga Samuel Opex tushdi. 

Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi. 

42. Sanjar Qodirqulov ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

40. Jumaboev va Toshmirzaev o'zaro to'qnashuvda qatnashishdi. Ularga tibbiy yordam namoyish etilmoqda. 

39. Zarbaaa! Muhammadanas Hasanovning zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. 

35. Zarba! Diyor Turoaovning chap oyoqda yo'llagan aylanma zarbasiga aniqlik etishmadi. 

33. Qo'qonliklar qarshi hujumga o'tib ketishdi, biroq Xojimirzaev yakunda pas berishda xatoga yo'l qo'ydi. 

25. Zarba!  Turopovning havolatib amalga oshirgan pasidan keyin Sanjar Qodirqulov bosh bilan zarba berdi, noaniq. 

23. Mo'minjon Melievga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

19. GOOOOOOOOOL!  Mo'minjon Meliev himoyachilarni aldab o'tib, sherigiga qoyilmaqom vaziyat yaratib berdi. Xojimirzaev darvozani ishg'ol qildi – 0:1! 


15. Jumaboevning havolatib amalga oshirgan uzatmasini himoyachilar qaytarishdi. 

14. Merzlyakov ogohlantirish oldi. 

12. Zarbaaa! Muhammadanas Hasanovning kuchli zarbasi Islomjon Abdullaev tomonidan bartaraf qilindi. 

6. Toshmirzaev qanotdan hujumga bordi va Jumaboev tomonidan yiqitildi. 

1. O'yin boshlandi! 

Foto: Jahongir Fayzullaev 

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика